FRANSUZ VA O‘ZBEK ADABIYOTLARIDA MA’RIFATPARVARLIK KONSEPSIYALARINING UYG‘UN VA TAFOVUTLI XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.67227/tq1wdy34Kalit so‘zlar:
ma’rifatparvarlik, fransuz adabiyoti, o‘zbek adabiyoti, jadidchilik, Volter, Russo, Behbudiy, Fitrat, erkinlik, milliy uyg‘onish.Abstrak
Mazkur maqolada fransuz va o‘zbek adabiyotlaridagi ma’rifatparvarlik konsepsiyalarining o‘xshash va farqli jihatlari qiyosiy-adabiy tahlil asosida o‘rganiladi. XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari — Volter, Jan-Jak Russo, Didro [4; 18-b.] va Monteske qarashlari hamda XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi o‘zbek jadid ma’rifatparvarlari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va Cho‘lpon ijodi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ilm-ma’rifat, erkinlik, inson tafakkuri, ta’lim-tarbiya va jamiyat taraqqiyoti haqidagi g‘oyalarning uyg‘un jihatlari ochib beriladi. Shu bilan birga, tarixiy sharoit, diniy qarashlar, milliy tafakkur va siyosiy maqsadlar bilan bog‘liq tafovutlar ham yoritiladi. Maqolada fransuz va o‘zbek ma’rifatparvarligi jahon adabiyoti va milliy tafakkur taraqqiyotidagi muhim ijtimoiy-estetik hodisa sifatida baholanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Volter. Falsafiy qissalar. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2015.
2. Russo J.J. Ijtimoiy shartnoma. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.
3. Monteske Sh. Qonunlar ruhi haqida. — Toshkent, 2008.
4. Didro D. Ensiklopediya va ma’rifatparvarlik qarashlari. — Moskva, 1986.
5. Behbudiy M. Padarkush. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.
6. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. — Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
7. Fitrat A. Tanlangan asarlar. — Toshkent: Ma’naviyat, 2006.
8. Kecha va kunduz. — Toshkent: Sharq, 2000.
9. Qosimov B. Milliy uyg‘onish. — Toshkent: Ma’naviyat, 2002.
10. Karimov N. Jahon adabiyoti tarixi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2012.
11. Ahmedov S. Jadidchilik harakati va adabiyot. — Toshkent, 2005.
12. Cassirer E. The Philosophy of the Enlightenment. — Princeton: Princeton University Press, 1951.
13. Todorov T. L’esprit des Lumières. — Paris, 2006.
14. Gay P. The Enlightenment: An Interpretation. — New York, 1995.