O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA REKLAMA LINGVISTIKASI MASALALARI: AMALGA OSHIRILGAN TADQIQOTLARNING QISQACHA SHARHI
DOI:
https://doi.org/10.67227/8129ee11Kalit so‘zlar:
reklama matni, o‘zbek tilshunosligi, sotsiolingvistika, psixolingvistika, antroposentrik tadqiqot, leksika, sintaksis, reklama tarixi.Abstrak
Ushbu maqola o‘zbek tilshunosligida reklama matnlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ilmiy ishlarning rivojlanish tarixi va hozirgi holatini qisqacha tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada reklama matni lingvistik tadqiqotlarning mustaqil ob’ekti sifatida shakllanishi, uning o‘zbek tilshunosligidagi o‘rganilish darajasi va dolzarbligi yoritilgan.Tadqiqotda reklama matnlarining sotsiolingvistik jihatlari, reklama tarixining tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlili, antroposentrik yondashuvlar, psixolingvistik tadqiqotlar, leksik tarkibi va sintaktik xususiyatlari kabi masalalar tizimli ravishda ko‘rib chiqilgan. Maqola mavjud ilmiy adabiyotlarning bibliografik tahlili va sintezi asosida tuzilgan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligida reklama matnlarini o‘rganishning hozirgi holati, yutuqlari hamda kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari haqida umumiy tasavvur beradi. Natijalar reklama matnlarini lingvistik jihatdan chuqur o‘rganish tilshunoslikning amaliy yo‘nalishlarini rivojlantirish, til va jamiyat munosabatlarini chuqurroq anglash hamda o‘zbek tilidagi reklama matnlarining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Abdullayev B.X. O‘zbek reklama lingvistikasi: nazariya va amaliyot: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. — Andijon, 2020. — 52 b.
2. Mamirova D.Sh. O‘zbek reklama matnlarining sotsiolingvistik xususiyatlari: monografiya. — Samarqand: SamDCHTI nashriyoti, 2024. — 135 b.
3. Yusupova N.V. O‘zbekistonda reklama rivojlanishining tarixiy bosqichlari // Scientific Journal (Luch) elektron ilmiy jurnali. — 2025. — 4-jild, 20-qism, fevral. — B. 38. — Scientific Journal (Luch)
4. Baxadirov J.A. O‘zbek va ingliz tillaridagi ijtimoiy reklamalarining lingvomadaniy tadqiqi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. — Toshkent, 2022. — 56 b.
5. Kadirova Z.B. Ingliz va o‘zbek tillari reklama diskursining antroposentrik xususiyatlari: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. — Buxoro, 2024. — 48 b.
6. Egamberdiyeva Sh.D. Reklama diskursining psixolingvistik xususiyatlari (ingliz, o‘zbek va rus tillari misolida): filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. — Toshkent, 2024. — 62 b.
7. Gafurov B.Z. Reklama diskursida tibbiyot leksikasi: funksional-semantik va lingvopragmatik jihatlar (rus va o‘zbek tillari misolida): filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. — Buxoro, 2023. — 67 b.
8. Yunusova Sh.M. O‘zbek tilidagi reklama matnlarining sintaktik xususiyatlari va ularning pragmatik xoslanishi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. — Guliston, 2023. — 47 b.