MASAL JANRIDA DIDAKTIK KONSEPSIYA UYG‘UNLIGI
DOI:
https://doi.org/10.67227/8aw7sb45Kalit so‘zlar:
hayot, uslub, estetika, etika, falsafa, obraz, poetika..Abstrak
Mazkur maqolada masal janrining badiiy-estetik va didaktik mohiyati, unda axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalar hamda obrazli tafakkur uyg‘unligi tahlil qilinadi. Masal janri qadimdan insonni ezgulikka, adolatga, halollikka, mehnatsevarlikka va hayotiy xulosalar chiqarishga undovchi muhim adabiy shakl sifatida shakllangan. Unda hayvonlar, qushlar, o‘simliklar yoki ramziy obrazlar orqali jamiyatdagi turli illatlar, inson xarakteridagi salbiy va ijobiy xususiyatlar badiiy ifoda etiladi. Maqolada masalning didaktik konsepsiyasi uning ixcham syujeti, ramziy obrazlar tizimi, kinoya va pand-nasihatga asoslangan xulosasi bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Shuningdek, masal janrining o‘quvchi ongiga ta’siri, axloqiy qarashlarni shakllantirishdagi o‘rni va tarbiyaviy imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, masal janrida badiiylik va didaktika bir-birini to‘ldiruvchi, o‘quvchida estetik zavq bilan birga hayotiy saboq hosil qiluvchi yaxlit konseptual tizimni tashkil etadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Gulxaniy. Zarbulmasal. – Toshkent: Fan, 1976.
2. Karimov N. O‘zbek adabiyoti tarixi. 2-jild. – Toshkent: Fan, 1978.
3. Yo‘ldoshev Q. Badiiy asar poetikasi. – Toshkent: Universitet, 2008.
4. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.
5. Hotamov N., Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983.
6. To‘ychiev U. O‘zbek masalchiligi va satira. – Toshkent: Fan, 1990.
7. Fitrat A. Adabiyot qoidalari. – Toshkent: Ma’naviyat, 1995.
8. Ibrohimov A. Allegoriya va ramz masalasi. – Toshkent: Fan, 2001.
9. Xudoyberdiyev E. Klassik adabiyot va zamonaviy talqin. – Toshkent: Akademnashr, 2015.
10. Rustamov A. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi masalalari. – Toshkent: Sharq, 2010.