IDENTITETNI SHAKLLANTIRISHDA SOHALARDA O‘ZBEK TILI DARSLARINING O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.67227/w3vhtp40Kalit so‘zlar:
identitet, o‘zbek tili, dzyudo, turkman talabalar, sport pedagogikasi, madaniy integratsiya.Abstrak
Mazkur maqolada identitetni shakllantirish jarayonida o‘zbek tili darslarining o‘rni sport ta’limi kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqot sport faoliyati, xususan dzyudo yo‘nalishida tahsil olayotgan turkman talabalari misolida olib borilib, til o‘qitish jarayonining nafaqat lingvistik, balki ijtimoiy-madaniy va kommunikativ jihatlari ham yoritiladi. O‘zbek tili darslari talabalarning yangi ta’lim va sport muhitiga moslashuvi, jamoaviy faoliyatda ishtiroki hamda murabbiy va sportchilar o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlovchi muhim omil sifatida qaraladi. Maqolada til kompetensiyasi va sport samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, shuningdek, ijtimoiy moslashuv jarayonining identitet shakllanishiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilini egallash darajasi sportchilarning mashg‘ulotlardagi faolligi, texnik topshiriqlarni bajarish sifati hamda jamoaga integratsiyalashuv jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, til o‘rganish jarayoni talabalar uchun ikki madaniy identitet – milliy va mezbon madaniyatga moslashgan ijtimoiy identitetning shakllanishiga xizmat qiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Erikson E.H. Identity: Youth and Crisis. – New York: W. W. Norton & Company, 1968. – 336 p.
2. Mead G.H. Mind, Self, and Society. – Chicago: University of Chicago Press, 1934. – 400 p.
3. Cooley C.H. Human Nature and the Social Order. – New York: Charles Scribner’s Sons, 1902. – 422 p.
4. Castells M. The Power of Identity. – Oxford: Blackwell Publishers, 1997. – 461 p.
5. Hymes D. On Communicative Competence // Sociolinguistics. – Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1972. – P. 269–293.
6. Bourdieu P. Outline of a Theory of Practice. – Cambridge: Cambridge University Press, 1977. – 248 p.
7. Kadirova S. Til o‘qitish metodikasi va madaniy integratsiya. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2020. – 176 b.
8. Mahmudov A. O‘zbek tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuv. – Toshkent: Fan, 2019. – 152 b.
9. Karimova N. Etnopedagogika asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2019. – 184 b.
10. Johnson L. Language Competence in Sports Training Environments // Journal of Sport Psychology. – 2021. – Vol. 12, No. 3. – P. 65–82.