ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSIDA OILAVIY QADRIYATLARNING ZAMONAVIY YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI

Mualliflar

  • Sherzod Muslimov Samarqand davlat chet tillar instituti Author

DOI:

https://doi.org/10.67227/ecg2qf96

Kalit so‘zlar:

Zahiriddin Muhammad Bobur, Bobur merosi, oilaviy qadriyatlar, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy tarbiya, axloqiy qadriyatlar, ota-ona hurmati, farzand tarbiyasi, milliy qadriyatlar, komil inson, ma’naviy meros, vatanparvarlik.

Abstrak

Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy-adabiy merosida aks etgan oilaviy qadriyatlar va ularning zamonaviy yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati falsafiy hamda pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Boburning “Boburnoma”, she’riy devonlari va nasriy asarlarida oila, ota-ona hurmati, farzand tarbiyasi, axloqiy komillik, vatanparvarlik, insonparvarlik va ma’naviy yetuklik masalalariga alohida e’tibor qaratilgani yoritib berilgan. Tadqiqotda Bobur qarashlarining yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, oilaga sadoqat, kattalarga hurmat, mas’uliyat hissi hamda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, globallashuv sharoitida yuzaga kelayotgan ma’naviy tahdidlar va axloqiy muammolarni bartaraf etishda Bobur merosining tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada tarixiy-falsafiy, qiyosiy va tizimli tahlil metodlaridan foydalanilgan holda Bobur asarlaridagi oilaviy qadriyatlarning mazmun-mohiyati ochib berilib, ularning bugungi yoshlar ma’naviy kamolotidagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari Bobur merosidan ta’lim-tarbiya tizimida samarali foydalanish orqali barkamol avlodni shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Qayumov A. Bobur va boburiylar davri adabiyoti. – Toshkent: Fan, 1996.

2. Komilov N. Tafakkur karvonlari. – Toshkent: Ma’naviyat, 1999.

3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 1994.

4. Quronov M. Milliy tarbiya va yoshlar ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

5. Shodmonov Sh. Ma’naviy meros va barkamol avlod tarbiyasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015.

6. Bobur Z.M. Boburnoma. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. – 432 b.

7. Karimov N. Bobur va uning ma’naviy merosi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2017. – 224 b.

8. Oila qadriyatlari va yoshlar tarbiyasi masalalari. – Toshkent: Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti, 2022. – 198 b.

9. Abdizoitovich G. Educational Problems in the Information Society // Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. – 2025.

10. G‘aniyev E. Yoshlarda axloqiy inqiroz kuchayishida ommaviy axborot vositalarining roli // Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. Aktualnye problemy sotsialno-gumanitarnyx nauk. Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2025. – T. 5. – № 5. – B. 245–248.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-06-09

Qanday havola qilish kerak

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSIDA OILAVIY QADRIYATLARNING ZAMONAVIY YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(6), 46-50. https://doi.org/10.67227/ecg2qf96