TURKISTON QISHLOQLARIDA SOVET IJTIMOIY SIYOSATINING SHAKLLANISHI VA UNING AGRAR HAYOTGA TA’SIRI: 1917–1921-YILLAR TAJRIBASI
DOI:
https://doi.org/10.67227/4n9n4r58Kalit so‘zlar:
Turkiston, sovet hokimiyati, qishloq ijtimoiy siyosati, agrar siyosat, harbiy kommunizm, yer-suv qo‘mitalari, kambag‘allar qo‘mitalari, prodrazvyorstka, rekvizitsiya, dehqon xo‘jaligi.Abstrak
Mazkur maqolada 1917–1921-yillarda Turkiston qishloqlarida sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan ijtimoiy va agrar siyosatning mazmuni, yo‘nalishlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda bolsheviklar agrar siyosatining sinfiy yondashuvga asoslanganligi, yer va suv resurslarining davlat mulki deb e’lon qilinishi, yer-suv qo‘mitalari, kambag‘allar qo‘mitalari va boshqa sovet tuzilmalari orqali qishloq hayotini qayta tashkil etish jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, “harbiy kommunizm” siyosati, prodrazvyorstka, rekvizitsiya va majburiy musodara tadbirlarining dehqon xo‘jaliklari, paxtachilik, chorvachilik hamda oziq-ovqat ta’minotiga ko‘rsatgan salbiy ta’siri ochib beriladi. Maqolada sovet ijtimoiy siyosatining rasmiy shiorlari bilan amaliy natijalari o‘rtasidagi ziddiyat tarixiy manbalar asosida ko‘rsatilib, ushbu siyosat Turkiston qishloqlarida ijtimoiy keskinlik, iqtisodiy inqiroz va aholining kambag‘allashuviga olib kelgani asoslanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Аминова Р.Х. Аграрная политика советской власти в Узбекистане, 1917–1920 гг. – Ташкент: Издательство Академии наук Узбекской ССР, 1963. – 342 с.
2. Rajabov Q., Raxmatov M. Turkistonda sovet hokimiyatining iqtisodiy siyosati va ocharchilik dahshatlari (1917–1924-y.). – Toshkent: Fan, 2022. – 176 b.
3. Rajabov Q., Zamonov A. O‘zbekiston tarixi (1917–1991-yillar): 10-sinf va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun darslik. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. – 144 b.
4. Голованов А.А. Крестьянство Узбекистана: эволюция социального положения. 1917–1937 гг. – Ташкент: Фан, 1992. – 160 с.
5. Галузо П.Г. Туркестан — колония: очерк истории колониальной политики русского царизма в Средней Азии. – Ташкент: Госиздат УзССР, 1935.
6. Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917–1991-yillar): akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – Toshkent: Sharq, 2010. – 256 b.
7. O‘zbekiston tarixi (1917–1991-yillar). Birinchi kitob: 1917–1939-yillar / Mas’ul muharrirlar: R. Abdullayev, M. Rahimov, Q. Rajabov. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019.
8. Гимпельсон Е.Г. «Военный коммунизм»: политика, практика, идеология. – Москва: Мысль, 1973.
9. Декреты Советской власти. Том 1: 25 октября 1917 г. – 16 марта 1918 г. – Москва: Государственное издательство политической литературы, 1957.