“TARIXI FARG‘ONA” ASARIDA O‘ZLASHMA SO‘ZLARNING MA’NO VA USLUBIY VAZIFALARI
DOI:
https://doi.org/10.67227/ygjjx015Kalit so‘zlar:
Ibrat, Tarixi Farg‘ona, o‘zlashma so‘zlar, arabcha-forscha unsurlar, semantika, uslub, ma’naviyat, morfologik moslashuv.Abstrak
Mazkur maqolada Is’hoqxon to‘ra Ibratning “Tarixi Farg‘ona” asarida uchraydigan arab va fors-tojik tillaridan kirgan o‘zlashma so‘zlarning ma’no va uslubiy vazifalari tahlil qilingan. Asarda o‘zlashma so‘zlar faqat til boyligining ko‘rsatkichi emas, balki xalq tafakkurining, davr ma’naviy va ijtimoiy hayotining ifodasi sifatida talqin etiladi. Ibrat arabcha va forscha unsurlardan tabiiy, badiiy va falsafiy ma’noda foydalangan. U o‘zlashma so‘zlarni o‘zbek tili morfologik tizimiga moslashtirib, ularning semantik imkoniyatlarini kengaytirgan. Maqolada ushbu so‘zlarning leksik qatlamlari, morfologik shakllanishi va badiiy-uslubiy yuklamasi o‘rganiladi. Natijada, “Tarixi Farg‘ona” asari o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyotini, o‘zlashma so‘zlarning ma’no va ifodaviy imkoniyatlarini chuqur aks ettirgan ilmiy badiiy manba sifatida baholanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Dolimov U. Is’hoqxon to‘ra Ibrat. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022.
2. Dolimov U., Jabborov N. Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Tarixi Farg‘ona. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005.
3. Boltaboyeva O. Is’hoqxon to‘ra Ibrat: hayoti va adabiy faoliyati. – Namangan: Arjumand Media, 2024.
4. Karimov M. O‘zbek adabiy tili tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
5. Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoiylik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2022.
6. Abdullayev A. Til va madaniyat aloqalari tarixidan. – Samarqand: Registon, 2019.