O‘ZBEK XALQ ERTAKLARIDA JINOYAT VA JAZO MAVZUSI
DOI:
https://doi.org/10.67227/m1em5p80Kalit so‘zlar:
o‘zbek xalq ertaklari, jinoyat, jazo, axloqiy tarbiya, adolat, yovuzlik, ertak janri, xalq og‘zaki ijodi, Husniyabonu, Zumrad va Qimmat.Abstrak
Mazkur maqolada o‘zbek xalq ertaklarida jinoyat va jazo motivlarining badiiy, axloqiy va tarbiyaviy talqini tahlil qilinadi. Ertak janri xalq og‘zaki ijodining muhim epik turi sifatida ezgulik va yovuzlik, halollik va hiyla, adolat va zulm, rostgo‘ylik va yolg‘onchilik kabi qarama-qarshi tushunchalarni obrazli ifodalashi bilan ajralib turadi. Maqolada jinoyat xalq ertaklarida huquqiy kategoriya sifatida emas, balki axloqiy me’yorlarning buzilishi, yomon niyat, zulm, aldov, nohaqlik va ijtimoiy adolatsizlik ko‘rinishida namoyon bo‘lishi asoslanadi. Shuningdek, jazo motivi ertaklarda yovuz kuchlarning mag‘lubiyati, adolatning tiklanishi, ijobiy qahramonlarning g‘alabasi va yosh avlodga axloqiy saboq berish vositasi sifatida talqin etiladi. “Uch og‘a-ini botirlar”, “Zumrad va Qimmat”, “Zolim podsho”, “Husniyabonu” kabi ertaklar misolida jinoyat va jazo masalasining syujet qurilishi, konflikt yechimi va tarbiyaviy funksiyasi yoritiladi. Maqolada ertaklarning bolalar nutqiy faoliyati, tafakkuri va axloqiy dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyati ham ko‘rsatib beriladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Juraqulov R.D. Ertak janrining o‘ziga xos xususiyatlari // Academic Research in Educational Sciences. – 2022. – T. 3. – № 5. – B. 786–794.
2. Xalq og‘zaki ijodi ertaklari [Elektron resurs]. – URL: https://tafakkur.net/ertaklar/xalq-ogzaki-ijodi
3. Jumayev M., Yo‘ldasheva D. Maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. – 224 b.
4. Murodova F.G‘., Inomjonova M. O‘zbek xalq ertaklarining tabiati va ta’limiy hamda tarbiyaviy ahamiyati // Modern Science and Research. – 2025. – URL: https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/65432