“MALLA SAVDOGAR” DOSTONI VARIANTLARIDAGI JANJALKAL PERSONAJINING O‘ZIGA XOSLIGI
DOI:
https://doi.org/10.67227/abgpn967Kalit so‘zlar:
Kal timsoli, kal tushunchasini ramziy jihati, doston, ertak, Janjalkal, komik fe’l-atvor, magik qarashlar, initsiatsiya marosimi, xalq qahramoni, turkiy xalqlar folklori kalni epik qahramon sifatidagi tasvirlari.Abstrak
Maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodida muhim o‘rin tutuvchi “kal” obrazi genezisi, semantik mohiyati hamda badiiy funksiyasi folklor namunalari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda “kal” obrazi ertak va dostonlarda tashqi jihatdan kulgili, sodda yoki ojiz ko‘rinishda tasvirlansa-da, aslida aql-zakovat, donolik va haqiqat timsoli sifatida namoyon bo‘lishi yoritiladi. Shuningdek, uning mehnatkash xalq vakili, zulm va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashuvchi qahramon sifatidagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada turkiy xalqlar folkloridagi “kal” obrazining umumiy va o‘ziga xos jihatlari qiyosiy tahlil qilinib, ushbu timsolning mifologik qarashlar, initsiatsiya marosimlari hamda niqob kultlari bilan bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida asoslanadi. Ayniqsa, “Malla savdogar”, “Qunduz bilan Yulduz”, “Ravshanxon”, “Yozi bilan Zebo” kabi dostonlar hamda xalq ertaklari misolida Janjalkal va boshqa “kal” personajlarining komik, magik va ramziy qatlamlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida “kal” obrazi xalqning estetik tafakkuri, ijtimoiy qarashlari va badiiy idealini ifodalovchi ko‘p qatlamli folklor timsoli ekanligi aniqlanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Asqarova J., Rasulova Z. “Sehrli ertaklarda kal obrazi va soch magiyasi bilan bog‘liq qarashlar” maqolasi // Til va adabiyot ilmiy jurnali. – 2023. – 11-son. – B. 41–42. – URL: www.tilvaadabiyot.uz
2. Eshnazarova N.X. “O‘zbek va turk ertaklarida kal obrazining qiyosiy tahlili” maqolasi // “Turkiy xalqlar folklorlarining qiyosiy o‘rganilishi masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – B. 327–329, 335.
3. “Malla savdogar” dostoni (“Nurali” dostoni turkumi) / baxshi Jo‘ra Eshmirza o‘g‘li varianti. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. – B. 351–353.
4. “Malla savdogar” dostoni / baxshilar Chorshanbi Rahmatullayev, Shoberdi Boltayev, Abdunazar Poyonov variantlari. – Toshkent: Akademnashr, 2019. – B. 84–91, 94–95, 99–100, 217–218, 220–221, 223, 310.