SAMARQAND VILOYATIDA FONETIK DIALEKTIZMLARNING LINGVOAREAL TALQINI
DOI:
https://doi.org/10.67227/s6r6fq22Kalit so‘zlar:
qipchoq, dialekt, tafovut, singarmonizm, Samarqand, o‘zbek dialektologiyasi, dialektal forma, fonetik o‘zgarishlar, adabiy til, lahja, xalq tili.Abstrak
Ushbu maqolada Samarqand viloyati hududida tarqalgan qipchoq dialektining ayrim fonetik xususiyatlari lingvoareal nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot uchun tanlangan misollar asosan xalq tilidan, ya’ni ushbu hudud aholisi nutqida faol qo‘llaniladigan jonli til materiallari asosida umumlashtirilgan. Maqolada qipchoq dialektiga xos fonetik hodisalar, jumladan singarmonizm, tovush almashinuvlari va dialektal shakllarning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, ilgari faol qo‘llanilgan, biroq adabiy til ta’sirida o‘z fonetik xususiyatlarini qisman yoki to‘liq yo‘qotgan ayrim so‘zlar ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Samarqand hududidagi qipchoq shevalarining o‘ziga xos lingvistik manzarasini aniqlash va o‘zbek dialektologiyasini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent, 2013.
2. Qipchoq tillari // Vikipediya, erkin ensiklopediya. – URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Qipchoq_tillari
3. Saidov Y. O‘zbek dialektologiyasi. – Buxoro: Durdona, 2021.