BADIIY TASVIR VOSITALARI TUSHUNCHASI VA ULARNING TILSHUNOSLIKDAGI TADQIQI
DOI:
https://doi.org/10.67227/tmd1r264Kalit so‘zlar:
badiiylik, badiiy obraz, etimologiya, badiiy soʻz, lirik kechinma, oniy kechinma, badiiy mantiq, lingvopoetika, filologik qamrov, badiiy uslub.Abstrak
Ushbu maqolada badiiy adabiyotning fundamental oʻzagi hisoblangan badiiylik mezoni, badiiy obraz hamda badiiy soʻzning tabiati lisoniy va adabiyotshunoslik aspektlarida tadqiq etilgan. Maqolada «obraz» atamasining slavyan va rus tillari qatlamidagi etimologik ildizlari Vladimir Dal, Maks Fasmer hamda oʻzbek adabiyotshunos olimlari talqinlari asosida qiyosiy tahlil qilinadi, atamaning arab tilidagi «bade’» (яратувчанлик) konsepti bilan mushtarak jihatlari koʻrsatib beriladi. Shuningdek, badiiy soʻzning funksional tabiati, lirik kechinmaning tabiati (oniy va xotira lirik kechinmalari) hamda badiiy mantiqning hayotiy mantiq bilan aloqadorligi yoritilgan. Maqola soʻnggida oʻzbek tilshunosligi va adabiyotshunosligida badiiy til, uslub muammolarini oʻrganishda biryoqlamalikka barham berish, lingvopoetika va filologik yaxlitlikka erishish zarurati ilmiy asoslab berilgan.
Yuklashlar
Havolalar
1. K. Imomov, T. Mirzayev, B. Sarimsoqov, O. Safarov. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1990. – 19 b.t. (hammualliflikda).
2. Bahodir Sarimsoqov. Badiiylik asoslari va mezonlari. – Toshkent, 2004. – 6 b.t.
3. Mualliflar jamoasiAdabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. 2-jild. – Toshkent: Fan, 1978. – 280 b.
4. Даль В. Толковый словарь живого великорусского языка. В 4 т. Т. 4. – Санкт-Петербург; Москва: М.О. Вольфа, 1882. – 712 с.
5. Karimov H. Badiiy adabiyotda obraz va obrazlilik. – Toshkent: O‘zbekiston, 1984. – 64 b.
6. Фасмер М. Этимологический словарь русского языка. В 4 т. Т. 3. – Москва: Прогресс, 1987. – 832 с.