TARJIMADA SEMANTIK, PRAGMATIK VA STILISTIK EKVIVALENTLIK: MUMTOZ MATNLARNING QIYOSIY TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.67227/nz0tkm69Kalit so‘zlar:
mumtoz adabiyot, Boburnoma, tarjima, semantik ekvivalentlik, pragmatik ekvivalentlik, stilistik ekvivalentlik, qiyosiy tahlil, inglizcha tarjima.Abstrak
Mazkur maqolada mumtoz adabiyot tarjimasida semantik, pragmatik va stilistik ekvivalentlik masalasi “Boburnoma”ning inglizcha tarjimalari qiyosida tahlil qilinadi. Tadqiqot markaziga asliyat matndagi mazmuniy qatlam, muallif nutqining pragmatik yo‘naltirilganligi hamda uslubiy o‘ziga xoslikning tarjimada qay darajada saqlanishi masalasi qo‘yiladi. Mumtoz matn tarjimasida ekvivalentlik oddiy leksik moslik bilan cheklanmasligi, balki tarixiy-madaniy kontekst, muallif ohangi, tasvir usuli va nutqning ichki estetik yuklamasi bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘lishi ko‘rsatiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. — T.: Sharq, 2002. — 335 b.
2. Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. — T.: O‘qituvchi, 1983. — 232 b.
3. Salomov G‘. Til va tarjima. — T.: Fan, 1966.
4. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. — T.: Akademnashr, 2018.
5. Rahmonov V. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. — T.: O‘qituvchi, 2003.
6. Hayitov Sh. Turkiy xalqlar adabiyotida Bobur ijodi // Ziyouz
7. Kudratova Sh.K. Tarjimani nazmiy va nasriy bayon etilishi // ZiyoNET kutubxonasi
8. Shomurodova Mohiniso Shavkat qizi. “Boburnoma”da tarixiy shaxs nomlarining qo‘llanishi // ZiyoNET kutubxonasi
9. Nida E.A. Toward a Science of Translating: With Special Reference to Principles and Procedures Involved in Bible Translating. — Leiden: E.J. Brill, 1964.
10. Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. — London; New York: Routledge, 1992.
11. Newmark P. A Textbook of Translation. — New York; London: Prentice Hall, 1988.