ADABIY AN’ANALAR VA MUQIMIY IJODIYOTINING TAKOMILI

Mualliflar

  • Namunaxon Tursunova Qo‘qon universiteti Author

DOI:

https://doi.org/10.67227/fkvsc661

Kalit so‘zlar:

Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy, Qo‘qon adabiy muhiti, xalq og‘zaki ijodi, folklor an’analari, g‘azal, xalqona uslub, badiiy tasvir vositalari, tashbeh, poetik mahorat, adabiy an’ana, milliy ruh, obrazlilik, o‘zbek mumtoz adabiyoti, folklorizm, poetik til.

Abstrak

Mazkur maqolada Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy ijodining shakllanishi va takomilida adabiy an’analarning, ayniqsa xalq og‘zaki ijodining ta’siri tahlil qilinadi. Qo‘qon adabiy muhitining yirik vakili bo‘lgan shoirning g‘azallarida xalqona ruh, milliy tasvir vositalari, ommabop tashbeh va iboralarning qo‘llanishi misollar asosida yoritiladi. Tadqiqotda Muqimiy she’riyatidagi folklor unsurlarining badiiy-estetik vazifasi, xalqona ifoda va obrazlarning shoir uslubidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, shoirning xalq tiliga yaqin uslubi uning g‘azallarini xalq orasida ommalashishiga xizmat qilgani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada adabiy an’ana va individual badiiy mahorat uyg‘unligi Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy ijodining muhim xususiyatlaridan biri sifatida baholanadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Mirzaev T. Folklor va uning asosiy xususiyatlari // XX asr o‘zbek folklorshunosligi antologiyasi / tuzuvchilar: O. To‘laboyev, M. Jo‘rayev va boshq. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. – B. 249.

2. Amonov U. XX boshlarida o‘zbek folklorining o‘rganilishi tarixi (Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov va Elbek faoliyati misolida). – Toshkent, 2018. – B. 53.

3. Tojiboyeva M. Muqimiyning xalqona ruhdagi she’riyati xususida // Qo‘qon adabiy muhiti va Uchinchi Renessans: xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Farg‘ona: Farg‘ona, 2022. – B. 192.

4. Qayumov O. Pari obrazining genezisiga doir mulohazalar // XX asr o‘zbek folklorshunosligi antologiyasi / tuzuvchilar: O. To‘laboyev, M. Jo‘rayev va boshq. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. – B. 576.

5. Islom ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. – B. 237.

6. Yo‘rmatov I. O‘zbek xalq irim-aytimlarining janr xususiyatlari // XX asr o‘zbek folklorshunosligi antologiyasi / tuzuvchilar: O. To‘laboyev, M. Jo‘rayev va boshq. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. – B. 472.

7. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – 2-jild. – Toshkent, 2000. – B. 165.

8. Sharipova S. Word of Philology // Scientific Journal. – 2022. – Vol. 1. – B. 77. – ISSN 2181-3620.

9. Juraev Z., Kobilova Z., Tursunova N., Imomalieva M., Kurbanova F., Teshaboyeva Z. Dead Souls and the Bureaucracy of the Spirit: Gogol’s Metaphysical Satire as Ethical Anthropology // Interdisciplinary Literary Studies. – 2026. – Vol. 28, No. 2.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-06-16

Qanday havola qilish kerak

ADABIY AN’ANALAR VA MUQIMIY IJODIYOTINING TAKOMILI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(6), 232-237. https://doi.org/10.67227/fkvsc661