RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA MUROJAAT SHAKLLARINING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Манзура Имамалиева Renessans universiteti Author

DOI:

https://doi.org/10.67227/cg5br043

Kalit so‘zlar:

murojaat shakllari, pragmatika, rus tili, o‘zbek tili, nutq etiketi, kommunikativ vaziyat, hurmat kategoriyasi, ijtimoiy masofa, qiyosiy tahlil.

Abstrak

Mazkur maqolada rus va o‘zbek tillarida murojaat shakllarining pragmatik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Murojaat shakllari muloqot jarayonida suhbatdoshga munosabat bildirish, ijtimoiy masofa va yaqinlikni ko‘rsatish, hurmat, samimiylik, rasmiylik, yosh, jins, maqom va emotsional bahoni ifodalashda muhim kommunikativ vosita hisoblanadi. Rus tilida “ты/Вы” oppozitsiyasi, ism-otasining ismi bilan murojaat qilish, familiya, unvon va kasb nomlari orqali murojaat qilish keng qo‘llansa, o‘zbek tilida “siz/sen” shakllari, qarindoshlik terminlari, hurmat bildiruvchi affikslar, unvonlar va ijtimoiy maqomni ifodalovchi birliklar faol ishlatiladi. Maqolada murojaat shakllarining nutq vaziyati, kommunikativ maqsad, suhbatdoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat va madaniy me’yorlar bilan bog‘liq pragmatik vazifalari ochib beriladi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Формановская Н. И. Речевой этикет и культура общения. М.: Высшая школа, 1989. 159 с.

2. Стернин И. А. Русский речевой этикет. Воронеж: Истоки, 1996. 73 с.

3. Карасик В. И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс. Волгоград: Перемена, 2002. 477 с.

4. Муминова А. А. Узбекский речевой этикет: sen/ты, siz/вы, Вы // Вестник Российского университета дружбы народов. Серия: Теория языка. Семиотика. Семантика. 2011. № 2. С. 90–95.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-06-16

Qanday havola qilish kerak

RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA MUROJAAT SHAKLLARINING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(6), 363-368. https://doi.org/10.67227/cg5br043