METAFORA LINGVISTIK VA KOGNITIV TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA
DOI:
https://doi.org/10.67227/zvhza069Kalit so‘zlar:
kognitiv tilshunoslik, konseptual metafora, olamning lisoniy manzarasi, donor maydoni, maqsad maydoni, o‘zgarmaslik gipotezasi, somatik frazeologizm, kognitiv xaritalash.Abstrak
Mazkur ilmiy maqolada metafora hodisasining an’anaviy ritorik va stilistik vosita sifatidagi
talqinidan zamonaviy kognitiv-semantik tadqiqotlar obyektiga aylanish jarayoni atroflicha tahlil qilinadi.
Tadqiqotda metaforaning nafaqat nutqni bezatuvchi tasviriy vosita, balki inson tafakkuri, bilish jarayoni
hamda olamning kognitiv manzarasini shakllantiruvchi fundamental mexanizm ekanligi o‘zbek va jahon
tilshunosligida shakllangan ilmiy qarashlar asosida yoritilgan. Kognitiv metafora nazariyasi doirasida
mavhum konseptlarning konkret tushunchalar yordamida ifodalanish qonuniyatlari tahlil qilinib, xususan,
o‘zbek va ingliz tillaridagi somatik frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlari qiyosiy jihatdan
o‘rganilgan. Shuningdek, badiiy matnda individual mualliflik olam manzarasini yaratishda konseptual
xaritalash mexanizmining o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari metaforaning til, tafakkur
va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aks ettiruvchi murakkab kognitiv hodisa ekanligini tasdiqlaydi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Ashurova D. U., Galieva M. R. Cognitive Linguistics. Toshkent: VneshMediaGroup, 2018.
2. Evans V., Green M. Cognitive Linguistics: An Introduction. Edinburgh: Edinburgh University
Press, 2006.
3. Kövecses Z. Metaphor: A Practical Introduction. 2nd ed. Oxford: Oxford University Press,
2010.
4. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. Chicago: University of Chicago Press, 1980.
5. Mamatov A. E. Tilga kognitiv yondashuvning mohiyati nimada? // O‘zbek tilshunosligining
dolzarb muammolari. 2012. B. 220–225.
6. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik asoslari. Toshkent: Fan, 2006.
7. Sayidirahimova N. S. Hozirgi zamon tilshunosligida kognitiv yo‘nalish // O‘zbekistonda
xorijiy tillar. 2022. № 2 (43). B. 98–107.
8. Yusupova A. M. Kognitiv metafora nazariyasiga oid qarashlar // O‘zbekistonda xorijiy tillar.
2023. № 2 (43). B. 102–115.