AMERIKA ORZUSI VA MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK ROMANLARIDA MODDIY BOYLIKKA MUNOSABAT MASALASI
DOI:
https://doi.org/10.67227/dj9kvk43Kalit so‘zlar:
Amerika orzusi, mustaqillik davri romani, moddiy boylik, ma’naviy qadriyat, ijtimoiy maqom, ma’naviy inqiroz, qahramon ruhiyati, qiyosiy tahlil.Abstrak
Mazkur maqolada “Amerika orzusi” konsepsiyasi va mustaqillik davrio‘zbek romanlarida moddiy boylikka munosabat masalasi qiyosiy-adabiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda F.S. Fitsjeraldning “Buyuk Getsbi” romanida boylik, ijtimoiy maqom, shaxsiy orzu, sevgi va ma’naviy bo‘shliq masalalari qanday badiiy talqin qilingani yoritiladi. Shuningdek, mustaqillik davri o‘zbek nasri namunalarida moddiy farovonlikning inson axloqi, vijdoni, oilaviy mas’uliyati, halollik va milliy qadriyatlar bilan bog‘liq holda tasvirlanishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada Amerika adabiyotida boylik ko‘proq individual muvaffaqiyat va ijtimoiy ko‘tarilish ramzi sifatida namoyon bo‘lsa, o‘zbek romanlarida u ma’naviy sinov, axloqiy tanlov va insoniylik mezoni sifatida talqin etilishi asoslab beriladi. Qiyosiy tahlil natijasida har ikki adabiyotda ham moddiy boylik insonni mutlaq baxtga olib keluvchi vosita emas, balki uning ichki dunyosi, jamiyat bilan munosabati va ma’naviy qiyofasini ochib beruvchi muhim badiiy-falsafiy muammo ekanligi aniqlanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Abrams M. H. A Glossary of Literary Terms. – 7th ed. – Boston: Heinle & Heinle, 1999.
2. A’zam E. Momoqaldiroq ostida sayr. – Toshkent: Sharq, 2002.
3. Fitzgerald F. S. The Great Gatsby. – London: Penguin Books, 2000.
4. Hamdam U. Muvozanat. – Toshkent: Sharq, 2007.
5. Wellek R., Warren A. Theory of Literature. – 3rd ed. – New York: Harcourt, Brace & World, 1977.