BADIIY ASARLARDA BOLA OBRAZINING GENEZISI VA EVOLYUTSION RIVOJI
DOI:
https://doi.org/10.67227/47rv7y36Kalit so‘zlar:
bola obrazi, bolalik davri, genesis, evolyutsiya, tadrij.Abstrak
Ushbu maqolada badiiy asarlarda bola obrazining genezisi va evolyutsiyasi masalalari keng tahlil qilinadi. Tadqiqotda bola obrazi qadimgi davr adabiy-estetik qarashlaridan boshlab, xususan, Arastu poetikasida ilgari surilgan badiiy obraz haqidagi nazariy qarashlar asosida yoritilib, uning jahon va o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyot bosqichlari izchil tahlil etiladi. Maqolada bola obrazining dastlab ikkinchi darajali personaj sifatida namoyon bo‘lishi, keyinchalik esa mustaqil badiiy-estetik qimmat kasb etgan markaziy obrazga aylanish jarayoni ochib beriladi. Shuningdek, turli davrlarda bolaga bo‘lgan estetik va ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi, uning ruhiy olami, ichki kechinmalari, orzu-intilishlari hamda dunyoni idrok etish xususiyatlari badiiy talqindagi o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida bola obrazining tarixiy taraqqiyoti, uning milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashuvi, zamonaviy adabiyotda esa psixologik tasvir, individual xarakter va badiiy tafakkurning muhim vositasiga aylanganligi ilmiy asosda yoritiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Norbaboyeva M. T. Hozirgi o‘zbek nasrida yetim bola obrazining poetik talqini: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Qarshi, 2024. – B. 25.
2. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Tafsir Books, 2022. – B. 579.
3. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Tafsir Books, 2022. – B. 593.
4. Imom al-Buxoriy. Jome’ as-sahih (Ishonarli to‘plam). 3-jild. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1991. – B. 314.
5. Мелетинский Е. М. Мифологический словарь. – М.: Сов. энциклопедия, 1991. – С. 653.
6. Rahmonov N. O‘zbek adabiyoti tarixi (eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha). – Toshkent: Sano-standart, 2017.
7. Mirzayev T. va boshq. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi. – Toshkent: Aloqachi, 2008. – B. 231.
8. Mirzayev T. va boshq. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi. – Toshkent: Aloqachi, 2008. – B. 231.