FENTEZI JANRIDA TARJIMA TRANSFORMATSIYALARI VA FUNKSIONAL EKVIVALENTLIK TADQIQI
DOI:
https://doi.org/10.67227/ybz9qf80Kalit so‘zlar:
tarjima transformatsiyalari, funksional ekvivalentlik, fentezi adabiyoti, badiiy tarjima, leksik transformatsiyalar, grammatik transformatsiyalar.Abstrak
Fentezi adabiyotini tarjima qilish madaniy xos birliklar, muallif tomonidan yaratilgan nomlar, mifologik ishoralar hamda uslubiy bo‘yoqdor til birliklarining qo‘llanishi bilan bog‘liq qator lingvistik va madaniy muammolarni yuzaga keltiradi. Mazkur maqolaning obyekti sifatida John Ronald Reuel Tolkienning mashhur fentezi asari “Uzuklar hukmdori” tanlangan bo‘lib, u tarjima strategiyalari va transformatsiyalarini tadqiq etish uchun boy material hisoblanadi. Tadqiqotda “Uzuklar hukmdori” asarining o‘zbekcha tarjimasida qo‘llangan leksik va grammatik transformatsiyalar funksional ekvivalentlik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida qiyosiy, tavsifiy va kontekstual metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, transkripsiya, transliteratsiya, kalkalash, modulyatsiya, konkretlashtirish, umumlashtirish, transpozitsiya hamda grammatik almashtirish eng ko‘p qo‘llanilgan transformatsiyalar qatoriga kiradi. Ushbu transformatsiyalar yordamida tarjimon asl matnning semantik, uslubiy va madaniy xususiyatlarini saqlab qolib, yuqori darajadagi funksional ekvivalentlikni ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari tarjima transformatsiyalari fentezi asarlarining kommunikativ va estetik ta’sirini tarjima tilida qayta yaratishda muhim vosita ekanligini tasdiqlaydi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. – 3rd ed. – London; New York: Routledge, 2018. – 392 p.
2. Bassnett S. Translation Studies. – 4th ed. – London; New York: Routledge, 2014. – 176 p.
3. Catford J. C. A Linguistic Theory of Translation. – London: Oxford University Press, 1965. – 103 p.
4. Munday J. Introducing Translation Studies: Theories and Applications. – 5th ed. – London; New York: Routledge, 2022. – 376 p.
5. Newmark P. A Textbook of Translation. – New York: Prentice Hall, 1988. – 292 p.
6. Nida E. A. Toward a Science of Translating. – Leiden: E. J. Brill, 1964. – 331 p.
7. Nida E. A., Taber C. R. The Theory and Practice of Translation. – Leiden: E. J. Brill, 1969. – 220 p.
8. O'Sullivan E. Comparative Children's Literature. – New York: Routledge, 2005. – 192 p.
9. Tolkien J. R. R. The Fellowship of the Ring. – London: George Allen & Unwin, 1954. – 423 p.
10. Tolkien J. R. R. The Lord of the Rings. – London: George Allen & Unwin, 1954–1955. – 1216 p.
11. Tolkien J. R. R. Uzuklar hukmdori: roman-epopeya. Birinchi solnoma: Uzuklar birodarligi / ruschadan tarj. Sh. Z. Dolimov. – Toshkent: Ilm-ziyo-zakovat, 2019. – 592 b.
12. Tymoczko M. Enlarging Translation, Empowering Translators. – Manchester: St. Jerome Publishing, 2007. – 372 p.
13. Venuti L. The Translator's Invisibility: A History of Translation. – 2nd ed. – London; New York: Routledge, 2008. – 353 p.
14. Бархударов Л. С. Язык и перевод (Вопросы общей и частной теории перевода). – М.: Международные отношения, 1975. – 240 с.
15. Комиссаров В. Н. Теория перевода (лингвистические аспекты). – М.: Высшая школа, 1990. – 253 с.
16. Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. – Тошкент: Фан, 2005. – 352 б.
17. Саломов Ғ. Таржима назариясига кириш. – Тошкент: Ўқитувчи, 1978. – 218 б.
18. Федоров А. В. Основы общей теории перевода (лингвистические проблемы). – СПб.: Филологический факультет СПбГУ, 2002. – 416 с.
19. Швейцер А. Д. Теория перевода: Статус, проблемы, аспекты. – М.: Наука, 1988. – 215 с.