“KUNTUG‘MISH” DOSTONIDA E’TIQODIY QARASHLARNING VOQEALAR RIVOJIDAGI O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.67227/q4zxgc30Kalit so‘zlar:
baxshi, motiv, epik ijrochi, kult, e’tiqod, anbiyo, pir, avliyo, e’tiqodiy qarash.Abstrak
Xalq dostonlarining avloddan avlodga o‘tib kelishida baxshilarning xizmati beqiyos. Har bir dostonning voqealar rivoji va syujetlar zanjiri baxshining qarashlari va so‘z qo‘llash mahorati asosida quriladi. O‘zbek folklorida “Kuntug‘mish” dostoni badiiy jihatdan mukammal ishlangani va doston aytuvchidan alohida mahorat talab qilishi bilan ajralib turadi. Bularning barchasi baxshining bosh obrazlar bilan bog‘liq tasavvurlari, doston syujetini harakatlantiruvchi motivlari bilan chambarchas bog‘liqligini bildiradi. Mazkur maqolada “Kuntug‘mish” dostonining Ergash Jumanbulbul o‘g‘li tomonidan kuylangan variantida epik qahramonning doston voqealari rivojidagi o‘rni va e’tiqodiy qarashlar ifodasining o‘ziga xos jihatlari tadqiq etiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Avesto. Baxranyasht (Varaxran alqovi) // O‘zbekiston tili va adabiyoti. – Toshkent, 2000. – No. 2.
2. O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari. 9-tom. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2016.
3. Tantoviy M. S. Payg‘ambarlar tarixi. – Toshkent: Matbaachi, 2022.
4. Ergash shoir va uning dostonchilikdagi o‘rni. Tadqiqotlar. 2-kitob. – Toshkent: Fan, 1971.
5. Eshonqulov J. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini. – Toshkent, 2011.
6. Eshonqulov J. Folklor: obraz va talqin. – Qarshi: Nasaf, 1999.