BADIIY PSIXOLOGIZM VA GENDER IDENTIFIKATSIYA MASALASI: VIRJINIYA VULF VA SALOMAT VAFO NASRINING QIYOSIY TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.67227/pm22p840Kalit so‘zlar:
badiiy psixologizm, gender nazariyasi, Virjiniya Vulf, Salomat Vafo, ruhiyat, psixologik tasvir.Abstrak
Ushbu maqolada adabiyotshunoslikda badiiy psixologizm va gender identifikatsiyasining asosiy mezonlari hamda funksiyalari qiyosiy tahlil asosida ochib berilgan. Tadqiqotning maqsadi — Virjiniya Vulfning “Mrs. Dallovey” romani, “Shaxsiy xona” (A Room of One’s Own) esse-qissasi va Salomat Vafoning “Oʻzini izlayotgan ayol” romani, “Muqaddas manzil” hamda “Poyezd” hikoyalari misolida ushbu ikki konsepsiyaning badiiy namoyon boʻlish shakllarini aniqlash va ikki ijodkor nasri oʻrtasidagi tipologik mushtarakliklarni koʻrsatishdan iborat. Qiyosiy-tipologik metod, psixoanalitik yondashuv, biografik-kontekstual metod hamda germenevtik metodlar asosida oʻtkazilgan qiyosiy tahlil shuni koʻrsatdiki, Vulf va Vafo ayol obrazini passiv xarakter sifatida emas, balki oʻz ichki dunyosiga, ziddiyatlariga va qarorlariga ega mustaqil shaxs sifatida tasvirlaydi. Shuningdek, qiyosi tahlil natijasida to‘rtta tipologik mushtaraklik aniqlandi: (1) ayol obrazining markaziy o‘rni; (2) ichki monolog usulining ustuvorligi; (3) gender identifikatsiyasining ijtimoiy ziddiyat orqali ifodalanishi; (4) shaxsiy erkinlik va ijtimoiy rol o‘rtasidagi konflikt. Shu bilan birga, Vulf ingliz modernizmining individualistik an’anasiga, Vafo esa o‘zbek nasrining jamoaviy qadriyatlar tizimiga tayanganligi aniqlandi. Maqolaning ilmiy yangiligi shundan iboratki, ingliz modernizmi va zamonaviy oʻzbek nasri kontekstida badiiy psixologizm va gender xosligining qiyosiy tahlili ilk bor amalga oshirilmoqda.
Yuklashlar
Havolalar
1. Botirova Sh. Hozirgi o‘zbek romanlarida badiiy psixologizm (Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” romanlari misolida): falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Qarshi, 2019. – 153 b.
2. Vafo S. Muqaddas manzil: hikoyalar. – Toshkent: Sharq, 2005.
3. Vafo S. O‘zini izlayotgan ayol: roman. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.
4. Vafo S. Poyezd: hikoya. – Toshkent: Sharq, 2008.
5. Гинзбург Л. Я. О художественной психологии. – Ленинград: Советский писатель, 1971. – 414 с.
6. Gilbert S., Gubar S. The Madwoman in the Attic: The Woman Writer and the Nineteenth-Century Literary Imagination. – New Haven: Yale University Press, 1979. – 719 p.
7. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Qayta nashr. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – 200 b.
8. Woolf V. A Room of One’s Own. – London: Hogarth Press, 1929. – 172 p.
9. Woolf V. Mrs Dalloway. – London: Hogarth Press, 1925. – 296 p.
10. Есин А. Б. Психологизм русской классической литературы. – Москва: Просвещение, 1988. – 176 с.