“QUNDUZ BILAN YULDUZ” DOSTONIDA QO‘LLANGAN ORNITONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.67227/eqx0pt17Kalit so‘zlar:
ornitonim, xalq dostoni, “Qunduz bilan Yulduz” dostoni, doston tili, leksik-semantik tahlil, lingvomadaniyat, denotativ ma’no, konnotativ ma’no, poetik obraz, folklor leksikasi.Abstrak
Mazkur maqolada Ergash Jumanbulbul o‘g‘li variantidagi “Qunduz bilan Yulduz” dostoni tilida qo‘llangan ornitonimlarning leksik semantik va lingvomadaniy xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida doston matnida uchraydigan qush nomlari aniqlanib, ularning leksik-semantik guruhlari, denotativ va konnotativ ma’nolari, matndagi funksional-uslubiy vazifalari hamda obraz yaratishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ornitonimlarning xalqning milliy tafakkuri, ovchilik madaniyati, estetik qarashlari va mifopoetik tasavvurlari bilan bog‘liq lingvomadaniy mazmuni yoritiladi. Tahlillar natijasida dostonda qo‘llangan shunqor, lochin, qirg‘iy, tuyg‘un, bulbul, turna, g‘oz, tovus va so‘na kabi ornitonimlar nafaqat qush nomlarini ifodalovchi nominativ birliklar, balki qahramonlarning jasorati, epchilligi, go‘zalligi, muhabbati va ruhiy kechinmalarini badiiy tasvirlashga xizmat qiluvchi muhim poetik vositalar ekani asoslab beriladi. Tadqiqotda tavsifiy, leksik-semantik, komponent, kontekstual va lingvomadaniy tahlil metodlaridan foydalanildi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Jo‘rayev M. O‘zbek folklorshunosligi asoslari. – Toshkent: Fan, 2009. – 312 b.
2. Yo‘ldoshev B., O‘rinboyeva D. O‘zbek xalq dostonlarining chastotali izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent, 2008. – 100 b.
3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006–2008.
4. Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский народный героический эпос. – М.: Государственное издательство художественной литературы (ГИХЛ), 1947. – 303 с.
5. Жирмунский В. М. Тюркский героический эпос. Избранные труды. – Л.: Наука, 1974. – 728 с.
6. Bulbul taronalari. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li variantlari. – Toshkent: Fan, 1972.
7. Shoabdurahmonov Sh. «Ravshan» dostoni tili haqida // Ergash shoir va uning dostonchilikdagi o‘rni. 2-kitob. – Toshkent: Fan, 1971. – B. 146–172.
8. Xoliqov A. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoni leksikasining ayrim xususiyatlari // O‘zbek tili va adabiyoti. – 2002. – № 6. – B. 62–63.
9. Yo‘ldosheva D. O‘zbek tilida ornitonimlarning leksik-semantik va uslubiy xususiyatlari haqida (monografiya). – Samarqand: SamDU nashri, 2007. – 106 b.
10. Yuldasheva D. B. O‘zbek tili ornitonimlarining strukturaviy-semantik tadqiqi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2020. – 128 b.