MAHALLIY VAKILLIK HOKIMIYATINING ASOSIY MAQSADI — XALQ MANFAATLARIGA XIZMAT QILISH
DOI:
https://doi.org/10.67227/64g6z567Kalit so‘zlar:
mahalliy vakillik hokimiyati, xalq manfaatlari, milliy-madaniy mansublik, institutsionallashuv, ijtimoiy barqarorlik, madaniy xilma-xillik, siyosiy madaniyat, fuqarolik faolligi, inklyuziv boshqaruv, ijtimoiy integratsiya, mahalliy Kengashlar, mahalla, fuqarolik jamiyati, qadriyatlar, jamoatchilik ishtiroki, demokratik boshqaruv.Abstrak
Ushbu maqolada mahalliy vakillik hokimiyatining asosiy maqsadi bo‘lgan xalq manfaatlariga xizmat qilish tamoyili ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Unda milliy-madaniy mansublikning mahalliy vakillik hokimiyati faoliyatidagi o‘rni, uning institutsional, huquqiy, aksiologik va siyosiy-madaniy jihatlari yoritilgan. Milliy-madaniy mansublikning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, turli madaniy guruhlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, fuqarolarning siyosiy va jamoat hayotidagi faolligini oshirish hamda vakillik organlariga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, milliy-madaniy mansublikning institutsionallashuvi, ta’lim, madaniyat, mahalla va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqasi tahlil qilingan. Tadqiqotda milliy-madaniy mansublik to‘g‘ri va inklyuziv boshqaruv asosida qo‘llanilganda jamiyatni bo‘luvchi emas, balki birlashtiruvchi omilga aylanishi asoslangan. Maqolada mahalliy vakillik hokimiyatini takomillashtirish, fuqarolik faolligini oshirish va demokratik boshqaruv samaradorligini kuchaytirishga doir ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan.
Yuklashlar
Havolalar
1. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. 1-tom. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – B. 575.
2. Mirziyoyev Sh. M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-tom. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2018. – B. 127.
3. Mirziyoyev Sh. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-tom. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2020. – B. 47.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF–98-son Farmoni.