THOMAS HARDY VA XURSHID DO‘STMUHAMMAD ASARLARIDA TABIAT VA JAMIYAT MUNOSABATINING BADIIY-FALSAFIY TALQINI
DOI:
https://doi.org/10.67227/ptfy5r10Kalit so‘zlar:
tabiat, jamiyat, ekotanqid, badiiy makon, peyzaj, Wessex, bozor, ramz, grotesk, axloqiy mas’uliyat, Thomas Hardy, Xurshid Do‘stmuhammad.Abstrak
Maqolada Thomas Hardy va Xurshid Do‘stmuhammad nasrida tabiat va jamiyat munosabatining badiiy-falsafiy talqini qiyosiy-tipologik yo‘nalishda o‘rganiladi. Hardy tahlili “The Return of the Native”, “Tess of the d’Urbervilles” va “Far from the Madding Crowd” romanlaridagi Egdon Heath, dala, fasl, bo‘ron va texnika obrazlariga; Do‘stmuhammad tahlili esa “Bozor”, “Jajman”, “Nigoh” hamda “So‘roq” asarlaridagi bozor makoni, zoomorf timsol, mikrotasvir va qishloq muhitiga tayangan. Ekotanqid, germenevtik tahlil, yaqin o‘qish va semiotik yondashuv vositasida tabiiy makonning syujet yaratishi, qahramon ruhiyatini sinashi, ijtimoiy me’yorlarni fosh etishi hamda axloqiy baho hosil qilishi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, Hardyda tabiat inson rejasiga bo‘ysunmaydigan uzoq tarixiy vaqt va mustaqil mavjudlik sifatida namoyon bo‘ladi; Do‘stmuhammadda esa tabiiy va hayvoniy obrazlar ijtimoiy ongdagi ochko‘zlik, befarqlik va ichki begonalashuvni ko‘rsatadigan ramziy “indikator”ga aylanadi. Ikki adibning poetikasi turlicha bo‘lsa-da, ularni birlashtiradigan nuqta shundaki, tabiatga faqat resurs, insonga esa faqat manfaat vositasi sifatida qarash oxir-oqibat jamiyatning o‘zini ma’naviy yemiradi. Maqolada ushbu fikr ikki jadval va umumlashtiruvchi sxema orqali tizimlashtirildi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Hardy T. The Return of the Native. – London: Penguin Classics, 2003. – 512 p.
2. Hardy T. Tess of the d’Urbervilles. – London: Penguin Classics, 2003. – 592 p.
3. Hardy T. Far from the Madding Crowd. – London: Penguin Classics, 2000. – 464 p.
4. Do‘stmuhammad X. Bozor: roman. – Toshkent: Sharq, 2000.
5. Do‘stmuhammad X. Jajman: hikoyalar. – Toshkent: Sharq, 1997.
6. Do‘stmuhammad X. So‘roq: hikoyalar. – Toshkent: Sharq, 2011.
7. Glotfelty Ch., Fromm H. (Eds.). The Ecocriticism Reader: Landmarks in Literary Ecology. – Athens: University of Georgia Press, 1996. – 415 p.
8. Garrard G. Ecocriticism. 2nd ed. – London; New York: Routledge, 2012. – 240 p.
9. Akhter H., Tabassum S. Understanding Nature and Humanity: An Ecocritical Study of Thomas Hardy’s The Return of the Native // Bulletin of Advanced English Studies. – 2023. – Vol. 8. – No. 2. – P. 113–120.
10. Barrett Ch. Character and Environment in Thomas Hardy’s Fiction // Great Writers Inspire. – University of Oxford, 2012.
11. Kramer D. (Ed.). The Cambridge Companion to Thomas Hardy. – Cambridge: Cambridge University Press, 1999. – 240 p.
12. Rahmonova H. H. Xurshid Do‘stmuhammad hikoya va qissalari badiiyati (obraz va tasvir): filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2021.
13. Jumaboyev O. “Jajman” va “Qo‘l” hikoyalarining ramziy-metaforik xususiyatlari. – Toshkent: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, 2022. – B. 1–9.
14. Karim G‘. Ruhiyat musavviri // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. – 2008.
15. Ali U. Adabiyotda kashfiyot bo‘lmasa… Xurshid Do‘stmuhammad bilan suhbat // Bekajon. – 2008. – № 72.
16. Fatullayeva N. O. “Jajman” hikoyasi sujetida real va noreal unsurlarning badiiy mantig‘i // Science and Research. – 2025. – Vol. 2. – Issue 6. – B. 793–797.