NAMANGAN VILOYATI SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH OBYEKTLARI ERGONIMLARINING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI
DOI:
https://doi.org/10.67227/9gc5e977Kalit so‘zlar:
ergonim, Namangan viloyati, emporonim, restoronim, xizmat ko‘rsatish obyekti, leksik-semantik tasnif, nomlash motivi, toponim.Abstrak
Maqolada Namangan viloyatidagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlarining leksik-semantik xususiyatlari hududda amalda qo‘llanayotgan ergonimlar misolida tahlil qilingan. Tadqiqot materialini Namangan shahri, Pop, Chust, Chortoq, Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi supermarket, umumiy ovqatlanish korxonasi, mehmonxona, turistik agentlik, o‘quv markazi, tibbiyot muassasasi, aloqa, transport-logistika, matbaa va agroxizmat obyektlarining nomlari tashkil etadi. Ochiq biznes-ma’lumotnomalar va rasmiy ro‘yxatlar asosida 72 ta ergonimik birlikdan iborat tanlanma korpus shakllantirildi. Ergonimlar nomlanish motiviga ko‘ra faoliyat turini bevosita ifodalovchi, toponimik va tarixiy-madaniy asosli, antroponimik, ijobiy baho hamda istak ma’nosini anglatuvchi, metaforik-ramziy, o‘zlashma, gibrid va qisqartma asosidagi nomlarga ajratildi. Tahlil Namangan shahri ergonimlarida inglizcha va xalqaro komponentlar faol qo‘llanishini, tumanlardagi agroxizmat obyektlarida esa faoliyatni bevosita ifodalovchi o‘zbekcha birliklar, hudud nomlari va ijobiy mazmunli leksemalar ustunligini ko‘rsatdi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Özkan M. M. et al. O‘zbek tilida ergonimlar // Научный Фокус. – 2026. – Т. 3. – № 32. – С. 161–163.
2. Maxsudova X., Shahobiddinova S. Ergonimlarning leksik-semantik xususiyatlari // Scientific Journal of the Fergana State University. – 2022. – № 3. – B. 22–22.
3. Siddikov J. Ergonimlarning shakllanish tamoyillari va turlari // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – 2022. – Vol. 2. – No. 6. – B. 1000–1003.
4. Behzod G., Cho‘lpon Z. Ergonomik birliklarning tadqiqi masalasi va uning rivojlanish tarixi // Pedagogicheskiy institut Termezskogo gosudarstvennogo universiteta. – B. 126.
5. Baxodirovna X. G. Z. O‘zbek tili ergonimlarining lingvomadaniy xususiyatlari // Central Asian Journal of Education and Innovation. – 2025. – Vol. 4. – No. 6. – B. 75–77.
6. Matnazarov M. Urganch shahri ergonimlarining leksik-semantik tahlili // Theory and Analytical Aspects of Recent Research. – 2026. – Vol. 4. – No. 47. – B. 132–135.
7. Salohiddinova M. Ergonimlarning lingvistik tabiati va tasnifi (turlari, shakllanish tamoyillari, o‘zbek tilidagi xususiyatlari) // Ijtimoiy-gumanitar sohada ilmiy-innovatsion tadqiqotlar. – 2026. – Vol. 3. – No. 5. – B. 397–402.