SUN’IY INTELLEKT TERMINLARINING OʻZBEK TILIDA SEMANTIK-STRUKTUR GURUHLANISHI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/sy697a06

Kalit so‘zlar:

termin, terminologiya, terminologik leksikografiya, sun’iy intellekt, semantik guruh, kalkalash, tabiiy tilni qayta ishlash.

Abstrak

Mazkur maqolada sun’iy intellekt sohasiga oid terminlarning oʻzbek tilida shakllanish xususiyatlari va ularning semantik-struktur jihatdan guruhlanishi tahlil qilinadi. Soʻnggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida tilga kirib kelayotgan yangi terminlarning koʻpchiligi hali izchil tizimga solinmagan, bir tushuncha uchun bir necha muqobil variant qoʻllanilishi kuzatiladi. Tadqiqotda tavsiflash, komponent tahlili va qiyosiy-tipologik metodlardan foydalanib, terminlar kelib chiqishi, morfologik tuzilishi va semantik-tematik mazmuni boʻyicha uch mezon asosida guruhlangan. Natijalar sun’iy intellekt terminologiyasida kalkalash usuli va ibora-terminlar ustunlik qilishini, terminlar asosan algoritm-model hamda tabiiy tilni qayta ishlash guruhlariga toʻplanganini koʻrsatadi. Olingan xulosalar terminologik lugʻat tuzish, tarjima amaliyoti va oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda amaliy ahamiyatga ega.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining **“Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”**gi PQ-358-son qarori. – 2024-yil 14-oktabr.

2. Golovin B. N. Termin tushunchasining lingvistik ta’rifi. Termin va terminologiya bo‘yicha nazariy qarashlar. – 2025.

3. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002. – B. 87.

4. Hayitova N. Sun’iy intellekt terminlarining ingliz va o‘zbek tillarida shakllanishi va o‘ziga xosligi // Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari. – Andijon, 2025. – B. 107–110.

5. Xolliyeva S. Ingliz va o‘zbek tillarida sun’iy intellekt leksikasining chog‘ishtirma tadqiqi // International Journal of Artificial Intelligence. – 2025. – B. 1086–1088.

6. Djurabayeva Z. O‘zbek tilida sun’iy intellekt bilan bog‘liq tushunchalar haqida // Sun’iy intellektni pedagogik ta’limga integratsiya qilish: muammo va yechimlar. – Andijon, 2025. – B. 40–42.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-08-03

Qanday havola qilish kerak

SUN’IY INTELLEKT TERMINLARINING OʻZBEK TILIDA SEMANTIK-STRUKTUR GURUHLANISHI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(8), 72-74. https://doi.org/10.67227/sy697a06