TURKISTONDA ROSSIYA BANK KAPITALINING INSTITUTSIONAL RIVOJLANISHI: VOSITACHILIKDAN MUSTAMLAKA NAZORATIGACHA (1870–1917)
DOI:
https://doi.org/10.67227/0g8v7143Kalit so‘zlar:
Turkiston, mustamlaka iqtisodiyoti, bank tizimi, Rossiya imperiyasi, kredit kooperatsiyasi, paxtachilik, xususiy bank kapitali, sudxo'rlik, institutsional tarix.Abstrak
Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi davrida Turkiston o'lkasida bank tizimining institutsional evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot Moskva Xalqaro Savdo Bankining Qo'qon filiali bo'yicha 1897-yilgi yillik hisobot, hamda 1908–1917-yillar oralig'idagi kredit, sud va kredit kooperatsiyasi statistikasi asosida olib borilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, bank tizimi vositachilik bosqichidan monopolistik nazorat bosqichiga o'tgan, xususiy bank kapitali davlat bankidan besh baravar ko'p kredit bergan va uning katta qismi paxta sanoatiga yo'naltirilgan, kredit kooperatsiyasi esa Farg'ona vodiysida davlat siyosati orqali ongli ravishda cheklangan. Bu cheklanish natijasida rasmiy bank tizimidan tashqarida ulkan norasmiy kredit bozori shakllangan. Xulosa qilinadiki, Turkiston bank tizimi mustaqil iqtisodiy mantiqqa emas, balki mustamlaka boshqaruvining strategik maqsadlariga bo'ysungan holda rivojlangan.
Yuklashlar
Havolalar
1. O‘zR MDA. F. I-124, op. 1, d. 1, l. 41.
2. Аминов А., Бабаходжаев А. Экономические и политические последствия присоединения Средней Азии к России. – Ташкент: Узбекистан, 1966.
3. Юшков К. М. Деятельность банковских кредитных учреждений Российской империи в Средней Азии с 90-х гг. XIX в. по 1914 г. // Заметки.
4. Бородкин Л. И. Кредитная система России в XIX веке. – Москва: РОССПЭН, 2004.
5. O‘zR MDA. F. I-124, op. 1, d. 2, l. 64.
6. Миронов Б. Н. Экономическая история России XIX–XX вв. – Санкт-Петербург: Дмитрий Буланин, 2012.