ERKIN A’ZAM NASRIDA SINTAKTIK TAKRORNING MATN HOSIL QILUVCHI VA LINGVOPOETIK FUNKSIYALARI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/qh9thx14

Kalit so‘zlar:

sintaktik takror, sintaktik parallelizm, lingvopoetika, matn yaxlitligi, kompozitsiya, gradatsiya, antiteza, dialogik takror, psixologik tasvir, Erkin A’zam.

Abstrak

Maqolada Erkin A’zam nasrida sintaktik takrorning matn hosil qiluvchi va lingvopoetik imkoniyatlari tahlil etiladi. Tadqiqotda sintaktik takror faqat nutqning ekspressivligini kuchaytiruvchi stilistik usul sifatida emas, balki badiiy matnning kompozitsion yaxlitligini, semantik izchilligini va psixologik dinamikasini ta’minlovchi mexanizm sifatida talqin qilinadi. “Pakananing oshiq ko‘ngli”, “Shovqin”, “Bizning tog‘a” va “Shoirning to‘yi” asarlaridan olingan parchalar tavsifiy, struktur-semantik, kontekstual hamda lingvopoetik tahlil metodlari asosida o‘rganildi. Natijada sintaktik parallelizm, dialogik takror, gradatsiya va antitezaning yozuvchi individual uslubidagi asosiy struktur modellari aniqlanib, ularning ritm, dramatizm, kulminatsiya, kontrast va qahramon ichki nutqini modellashtirishdagi vazifalari asoslandi. Sintaktik takror Erkin A’zam nasrida badiiy matnni shakllantiruvchi hamda o‘quvchi idrokini boshqaruvchi muhim vosita ekani xulosalandi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Yo‘ldoshev M., Isaqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. – 112 b.

2. Asadov T. H. Matn tilshunosligi. – Buxoro: Durdona, 2023.

3. Арнольд И. В. Стилистика современного английского языка (стилистика декодирования). 3-е изд. – Москва: Просвещение, 1990. – 300 с.

4. Васильева Ю. В. Повтор как принцип организации фольклорного текста: лексико-синтаксический повтор в произведениях русского и англо-шотландского фольклора: дис. … канд. филол. наук. – Саратов, 2004. – 213 с.

5. Kemertelidze N., Manjavidze T. Stylistic Repetition, Its Peculiarities and Types in Modern English // European Scientific Journal. – 2013. – Vol. 9, No. 10.

6. A’zam E. Pakananing oshiq ko‘ngli: qissa // Erkin A’zam asarlari. – Ziyouz elektron kutubxonasi. – Murojaat sanasi: 04.08.2026.

7. A’zam E. Shovqin: roman, qissa, hikoyalar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011.

8. A’zam E. Bizning tog‘a: hikoya // Erkin A’zam asarlari. – Ziyouz elektron kutubxonasi. – Murojaat sanasi: 04.08.2026.

9. A’zam E. Shoirning to‘yi: qissa // Erkin A’zam asarlari. – Ziyouz elektron kutubxonasi. – Murojaat sanasi: 04.08.2026.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-08-03

Qanday havola qilish kerak

ERKIN A’ZAM NASRIDA SINTAKTIK TAKRORNING MATN HOSIL QILUVCHI VA LINGVOPOETIK FUNKSIYALARI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(8), 78-81. https://doi.org/10.67227/qh9thx14