SAYYID BURHONIDDIN MUHAQQIQ TERMIZIY: HAYOTI VA TADQIQOTLAR XRONOLOGIYASI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/b6z13d77

Kalit so‘zlar:

Burhoniddin Termiziy, Termiz, “Maorif”, tasavvuf, odob-axloq, sayyid, Koʻniya, Bahouddin Valad, Ahmad Aflokiy, adabiy asarlar.

Abstrak

Ushbu maqolada Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy haqida tarixiy-adabiy manbalarda kelgan maʼlumotlar tahlil etilib, tarjimai holi borasida maʼlumot berildi. Shuningdek, muallif hayoti bilan bogʻliq maʼlumotlar qiyosiy oʻrganilib, mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlari tavsiflandi. Maʼlumki, Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy hayoti va faoliyati borasida mahalliy olimlarimiz M. Kenjabek, J. Choʻtmatov, R. Abdullayev oʻz ilmiy-tadqiqot ishlarida qisqacha maʼlumot berib oʻtilgan. Mutafakkirning tarjimai holi va asarlari mavzu-mundarijasi borasida bugungi kunga qadar mukammal tadqiqot ishlari olib borilmaganligi bois, dastlab ushbu maqolada allomaning tarjimai holi borasida mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqot ishlari koʻrsatib oʻtildi. Maqolada Burhoniddin Termiziy tarjimai holining oʻrganilishi asosan ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi mutafakkir zamondoshlari tomonidan oʻz asarlarida kelgan tavsiflar keltirilib, tahlil etilgan boʻlsa, ikkinchi bosqichda bugungi kunda xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari zikr etildi. Natijada muallif tarjimai holi haqida yaxlit ilmiy maʼlumot shakllantirildi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat / nashrga tayyorlovchilar S. G‘aniyeva, M. Mirzaahmedova; arabcha va forscha matnlarni tarjima qilib, nashrga tayyorlovchi va mas’ul muharrir S. Rafiddinov. – Toshkent: Fan, 2001. – B. 317–318.

2. Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy. Maqoloti Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy / tas’hihi Tavfiq Hoshimpur Subhoniy. – Tehron: Nashri Anjumani Osoru Mafoxiri Farhangiy, 1395. – B. 3–24.

3. Jaloliddin Rumiy. Masnaviy ma’naviy / bo sa’yu ehtimomi Rinald Nikolson. – Tehron: Shahri kitob, 1380 h.sh. – B. 246.

4. Mirzo Kenjabek. Buyuk Termiziylar. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – B. 204.

5. Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy. Majmuai mavoiz va kalimoti Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy ba hamrohii tafsiri surai «Muhammad» va «Fath» / bo tas’hihot va havoshiyi Badiuzzamon Furuzonfar. – Tehron: Markazi Nashri Donishgohiy, 1339. – B. 106.

6. Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy / so‘zboshi, tarjima va izohlar muallifi K. Jamahmatov. – Termiz: Kitob nashr, 2024. – B. 32.

7. Seyyid Burhaneddin Tirmizî. Maârif / Ali Riza Karabulut tercümesi. – Istanbul, 1995.

8. Sulton Valad. Valadnoma / ba tas’hihi ustod alloma Jaloliddin Humoiy. – Tehron: Intishoroti Iqbol, 1376. – B. 149.

9. Shamsiddin Ahmad Aflokiy al-Orifiy. Manoqibul orifin. – Tehron: Dunyoi kitob, 1362 h.sh. – B. 66.

Nashr qilingan

2026-08-11

Qanday havola qilish kerak

SAYYID BURHONIDDIN MUHAQQIQ TERMIZIY: HAYOTI VA TADQIQOTLAR XRONOLOGIYASI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(8), 114-118. https://doi.org/10.67227/b6z13d77