TPACK MODELI ASOSIDA INGLIZ TILI DARSLARIGA INTERAKTIV PLATFORMALARNI INTEGRATSIYALASH METODIKASI
DOI:
https://doi.org/10.67227/k0567q30Kalit so‘zlar:
TPACK modeli, ingliz tili ta’limi, interaktiv platformalar, raqamli texnologiyalar, texnologik-pedagogik bilim, predmet bilimlari, kommunikativ kompetensiya, raqamli didaktika, interaktiv ta’lim, metodik integratsiya.Abstrak
Ushbu maqolada ingliz tili ta’limida TPACK (Technological Pedagogical Content Knowledge) modeli asosida interaktiv platformalarni o‘quv jarayoniga integratsiyalashning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. TPACK modelining texnologik bilim, pedagogik bilim va predmetga oid bilim komponentlari o‘zaro integratsiyasi ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshiruvchi muhim omil sifatida tahlil qilingan. Ingliz tili darslarida interaktiv platformalardan foydalanish jarayonini pedagogik maqsad, o‘quv mazmuni, talabalarning til bilish darajasi va raqamli imkoniyatlarga muvofiq tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Interaktiv platformalarni tanlash, ularni darsning motivatsion, axborot-kognitiv, kommunikativ-amaliy va refleksiv-baholash bosqichlariga integratsiyalash bo‘yicha metodik mexanizmlar asoslangan. Shuningdek, raqamli vositalardan shunchaki texnik resurs sifatida emas, balki kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, o‘quvchilarning mustaqil va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, tezkor qayta aloqa hamda individual ta’lim trayektoriyasini qo‘llab-quvvatlovchi didaktik vosita sifatida foydalanish zarurati ochib berilgan. TPACK modeli asosida tashkil etilgan integrativ yondashuv ingliz tili darslarining interaktivligi, moslashuvchanligi, shaxsga yo‘naltirilganligi va natijadorligini oshirishga xizmat qilishi asoslangan.
Yuklashlar
Havolalar
1. Fayziyeva M.R. Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformasini yaratish va amaliyotga joriy etish: pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. – Chirchiq, 2023. – 72 b.
2. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari: monografiya. – Toshkent: Fan, 2007. – 159 b.
3. Титова С.В. Мобильная среда для обучения иностранным языкам: монография. – Москва: Эдитус, 2019. – 282 с. – ISBN 978-5-00149-099-9.
4. Сысоев П.В. Информационные и коммуникационные технологии в обучении иностранному языку: теория и практика: монография. – Москва: Глосса-пресс, 2012. – 252 с.
5. Voogt J., Fisser P., Pareja Roblin N.N., Tondeur J., van Braak J. Technological Pedagogical Content Knowledge – a review of the literature // Journal of Computer Assisted Learning. – 2013. – Vol. 29, No. 2. – P. 109–121. – DOI: 10.1111/j.1365-2729.2012.00487.x.
6. Tondeur J., van Braak J., Sang G., Voogt J., Fisser P., Ottenbreit-Leftwich A. Preparing pre-service teachers to integrate technology in education: A synthesis of qualitative evidence // Computers & Education. – 2012. – Vol. 59, No. 1. – P. 134–144. – DOI: 10.1016/j.compedu.2011.10.009.
7. Valtonen T., Sointu E., Kukkonen J., Kontkanen S., Lambert M.C., Mäkitalo-Siegl K. TPACK updated to measure pre-service teachers’ twenty-first century skills // Australasian Journal of Educational Technology. – 2017. – Vol. 33, No. 3. – DOI: 10.14742/ajet.3518.