YOSHLARDA NIKOH QURISH MOTIVLARINING OILA MUSTAHKAMLIGIGA TA’SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.67227/pp08f687Kalit so‘zlar:
yoshlar, nikoh motivlari, oila mustahkamligi, oilaviy munosabatlar, psixologik moslik, nikohga tayyorgarlik, o‘zaro ishonch, oilaviy qoniqish, emotsional yaqinlik, oilaviy barqarorlik.Abstrak
Mazkur tadqiqotda yoshlarda nikoh qurish motivlarining shakllanishi hamda ularning oilaviy munosabatlar barqarorligi va oila mustahkamligiga ta’sir etuvchi psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Nikohga kirish motivlarining mazmuni sevgi va emotsional yaqinlik, o‘zaro hurmat, ma’naviy-ruhiy moslik, ijtimoiy mavqe, moddiy manfaatdorlik, ota-ona va ijtimoiy muhit ta’siri, yolg‘izlikdan qochish, avlod davomiyligini ta’minlash kabi omillar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, ongli va barqaror motivlar asosida qurilgan nikohning er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro tushunish, mas’uliyat, ishonch, emotsional qo‘llab-quvvatlash va nizolarni konstruktiv hal qilish ko‘nikmalariga ijobiy ta’siri asoslanadi. Tashqi bosim, moddiy manfaat yoki vaziyatli ehtiyojlarga tayangan motivlarning esa oilaviy qoniqishning pasayishi, psixologik ziddiyatlar va munosabatlarda beqarorlik yuzaga kelish xavfini oshirishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari yoshlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash, nikoh oldi maslahatlarini takomillashtirish va mustahkam oilaviy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan profilaktik-psixologik ishlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Sog‘inov N.A. Социально-психологические особенности удовлетворенности браком в узбекской семье: avtoref. diss. … kand. psixol. nauk: 19.00.05. – Kiev, 1990. – 20 b.
2. Mamatova N.R. Yoshlarda reproduktiv madaniyatni shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari: psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoreferati. – Toshkent, 2024.
3. Голод С.И. Семья и брак: историко-социологический анализ: монография. – СПб.: Петрополис, 1998. – 272 с. – ISBN 5-86708-113-3.
4. Жолудева С.В. Психологическая готовность к браку на разных этапах периода взрослости: дис. … канд. психол. наук: 19.00.13. – Ростов-на-Дону, 2009. – 258 с.
5. Bodenmann G., Pihet S., Kayser K. The relationship between dyadic coping and marital quality: A 2-year longitudinal study // Journal of Family Psychology. – 2006. – Vol. 20, No. 3. – P. 485–493. DOI: 10.1037/0893-3200.20.3.485.
6. Czyżkowska A., Cieciuch J. Marital goals: Circular value-based model and measurement // Current Psychology. – 2022. – Vol. 41. – P. 3401–3417. DOI: 10.1007/s12144-020-00787-0.
7. Gallo M., Liga F., Cuzzocrea F., Gugliandolo M.C. Well-being in romantic relationships: the role of motivation and conflict engagement // BMC Psychology. – 2026. – Vol. 14. – Article 292. DOI: 10.1186/s40359-026-04103-6.