METAFORADA TO‘G‘RI VA KO‘CHMA MA’NOLARNING SEMANTIK MUNOSABATI: W. SOMERSET MOEMNING “RAIN” HIKOYASI MISOLIDA
DOI:
https://doi.org/10.67227/x8tqmq85Kalit so‘zlar:
metafora, to‘g‘ri ma’no, ko‘chma ma’no, badiiy diskurs, kontekst, konseptual metafora, semantik transformatsiya, konseptual oppozitsiya, lingvopoetika, Somerset Moem, “Rain”.Abstrak
Mazkur maqolada W. Somerset Moemning “Rain” hikoyasi materialida metaforik ma’noning shakllanish mexanizmi, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolar o‘rtasidagi semantik munosabat hamda metaforaning badiiy diskursni tashkil etishdagi funksional imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy e’tibori “rain” leksemasining denotativ ma’nodan kontekstual, obrazli va konseptual ma’noga o‘tish jarayoniga qaratilgan. Metaforik birliklar alohida stilistik hodisa sifatida emas, balki matnning makrostrukturasini, qahramonlarning psixologik holatini, axloqiy ziddiyatlarni va muallif konsepsiyasini shakllantiruvchi diskursiv mexanizm sifatida tahlil qilingan. Tadqiqotda kontekstual-semantik, komponent, lingvopoetik, diskursiv, konseptual va interpretativ tahlil usullaridan foydalanilgan. Yomg‘ir obrazi voqealar makonini belgilash bilan cheklanmay, psixologik bosim, ruhiy taranglik, nazorat, istak, axloqiy hukm va ichki inqiroz kabi mazmunlarni faollashtirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, tashqi/ichki, hukm/haqiqat, e’tiqod/istak, hokimiyat/ojizlik singari konseptual oppozitsiyalarning metaforik semantika kengayishida muhim rol o‘ynashi asoslangan. Tadqiqot natijalari metaforaning badiiy matnda faqat ko‘chim turi yoki obrazlilik vositasi emas, balki matnning semantik va konseptual yaxlitligini ta’minlovchi kognitiv-diskursiv mexanizm ekanligini ko‘rsatadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Fairclough N. Discourse and Social Change. – Cambridge: Polity Press, 1992. – 259 p. – ISBN 0-7456-0674-1. URL: Bibliothèque nationale de France – Discourse and Social Change
2. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980. – XIII, 242 p. – ISBN 0-226-46801-1. URL: University of Chicago Press – Metaphors We Live By
3. Leech G. N., Short M. H. Style in Fiction: A Linguistic Introduction to English Fictional Prose. – 2nd ed. – Harlow: Pearson Longman, 2007. – XIII, 404 p. – ISBN 978-0-582-78409-3. URL: Lancaster University – Style in Fiction
4. Maugham W. Somerset. The Trembling of a Leaf: Little Stories of the South Sea Islands. – New York: George H. Doran Company, 1921. URL: Google Books – The Trembling of a Leaf, 1921 edition
5. Ren Shaozeng. Conceptual Metaphor and Literary Discourse: A Study of the Implicit Metaphor in Somerset Maugham’s Rain // Journal of Foreign Languages. – 2016. – Vol. 39, No. 5. – P. 2–19. URL: Journal of Foreign Languages – official article page
6. Brown G., Yule G. Discourse Analysis. – Cambridge: Cambridge University Press, 1983. – 288 p. – ISBN 978-0-521-28475-2. URL: Google Books – Brown & Yule, Discourse Analysis
7. van Dijk T. A. Discourse and Context: A Sociocognitive Approach. – Cambridge: Cambridge University Press, 2008. – 282 p. – DOI: 10.1017/CBO9780511481499. URL: Cambridge University Press – Discourse and Context
8. Widdowson H. G. Discourse Analysis. – Oxford: Oxford University Press, 2007. – XVI, 136 p. – ISBN 978-0-19-438921-1. URL: Open British National Bibliography – Discourse Analysis
9. Wales K. A Dictionary of Stylistics. – 3rd ed. – London; New York: Routledge, 2011. – 496 p. URL: Routledge – A Dictionary of Stylistics
10. Halliday M. A. K., Matthiessen C. M. I. M. Halliday’s Introduction to Functional Grammar. – 4th ed. – London; New York: Routledge, 2014. – 808 p. URL: Routledge – Halliday’s Introduction to Functional Grammar