ZAMONAVIY YOSHLAR LIRIKASIDA BEGONALASHUV VA RUHIY YOLG‘IZLIKNING POETIK IFODASI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/9k8hp614

Kalit so‘zlar:

yoshlar she’riyati, begonalashuv, yolg‘izlik, urban makon, ruhiy inqiroz, o‘zlik, lirik subyekt, modernlik, poetik obraz, Bobur Elmurod, Suhrob Ziyo, Shahriyor Shavkat.

Abstrak

Maqolada zamonaviy o‘zbek yoshlar she’riyatida begonalashuv, ruhiy yolg‘izlik, o‘zlikning bo‘linishi va insonning shahar hamda jamiyat ichida o‘zini begona his etishi masalalari tahlil qilinadi. Bobur Elmurod, Suhrob Ziyo va Shahriyor Shavkat she’rlari tadqiqot materiali sifatida olingan. Z. Baumanning “suyuq modernlik” konsepsiyasi zamonaviy hayotdagi beqarorlik va ijtimoiy aloqalarning zaiflashuvini, G. Simmelning metropol haqidagi qarashlari esa shahar muhitida shaxsning ruhiy himoyalanishi va masofalanish holatini tushuntirish uchun metodologik tayanch sifatida qo‘llanilgan. Tahlilda yolg‘izlik faqat psixologik kayfiyat emas, balki ijtimoiy muhitning shaxs ongida aks etgan badiiy natijasi ekanligi ko‘rsatib berilgan. Yosh shoirlar bu holatni yo‘l, devor, qorong‘ilik, ko‘z, fotoapparat, osmon va ko‘ngil singari obrazlar orqali ifodalaydi. Natijada zamonaviy yoshlar lirikasida begonalashuv shaxsni jamiyatdan uzoqlashtiruvchi holat bo‘lish bilan birga, uning o‘zligini qayta anglashiga turtki beruvchi poetik mexanizm sifatida ham namoyon bo‘lishi asoslangan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Bauman Z. Liquid Modernity. – Cambridge: Polity Press, 2000. – 228 p.

2. Simmel G. The Metropolis and Mental Life // On Individuality and Social Forms. – Chicago: University of Chicago Press, 1971. – P. 409–424.

3. Williams R. Marxism and Literature. – Oxford: Oxford University Press, 1977. – 208 p.

4. Saitova N. Yosh o‘zbek shoirlari: voqelikni idrok etish va uni badiiy ifodalash tendensiyalari // Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2024.

5. Saidova R. B. Yangi davr o‘zbek adabiyotida she’r konsepti, shoir siymosi tasvir va talqinlari // Modern Science and Research. – 2024.

6. Bobur Elmurod. She’rlar // Xurshid Davron kutubxonasi. Yoshlar ijodi. – 2017.

7. Suhrob Ziyo. She’rlar // Xurshid Davron kutubxonasi. Yoshlar ijodi. – 2019.

8. Shahriyor Shavkat. Ruhim qushlari [Elektron resurs]. – ZiyoNET elektron kutubxonasi.

9. Normatov U. Ijod sehri. – Toshkent: Sharq, 2007. – 336 b.

Nashr qilingan

2026-08-05

Qanday havola qilish kerak

ZAMONAVIY YOSHLAR LIRIKASIDA BEGONALASHUV VA RUHIY YOLG‘IZLIKNING POETIK IFODASI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(8), 321-325. https://doi.org/10.67227/9k8hp614