XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI: YEVROPA VA MAHALLIY TADQIQOTLAR (XIX–XXI ASRLAR)
DOI:
https://doi.org/10.67227/9ncmej52Kalit so‘zlar:
Xiva xonligi, tarixshunoslik, davlatchilik, tarixiy manbalar, xon yorliqlari, qozilik hujjatlari, diplomatik aloqalar, vaqf instituti, tashqi siyosat, Qo‘qon xonligi.Abstrak
Mazkur tadqiqot Xiva xonligi tarixshunosligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini ilmiy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda XIX asr Yevropa tadqiqotchilarining xonlik haqidagi qarashlari, XX–XXI asrlarda xorijiy hamda mahalliy tarixshunoslikda yuzaga kelgan ilmiy yondashuvlar qiyosiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida Xiva xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va madaniy hayotiga oid ilmiy adabiyotlar, xon yorliqlari, qozilik hujjatlari, vaqf hujjatlari hamda diplomatik yozishmalar manbashunoslik va tarixshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Shuningdek, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarning mazmuni va ilmiy yangiliklari baholanib, xonlikning tashqi siyosati, savdo-iqtisodiy aloqalari, yer-suv munosabatlari, vaqf instituti hamda davlat boshqaruvi tizimiga oid tadqiqotlarning asosiy natijalari umumlashtirilgan.
Xususan, Xiva va Qo‘qon xonliklari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixiy manbalar asosida yoritilib, elchilik institutining amaliy faoliyati hamda siyosiy ahamiyati ochib berilgan. Tahlillar natijasida Xiva xonligi tarixining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha salmoqli ilmiy tadqiqotlar yaratilganligi aniqlangan bo‘lsa-da, xonlik davlatchiligining tarixshunoslikdagi talqini hali ham kompleks va tizimli tadqiq etilishi lozim bo‘lgan dolzarb ilmiy muammolardan biri ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari Xiva xonligi tarixini zamonaviy tarixshunoslik yondashuvlari asosida o‘rganish hamda ushbu yo‘nalishdagi keyingi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Ziyoev H. Tarixning ochilmagan sahifalari [Unopened Pages of History]. – Tashkent: Mehnat, 2003. – 229, [2] p. – P. 91–96. – URL: O‘zbekiston matbuoti solnomasi — 2003
2. Karimov E. E. Regesty kaziyskikh dokumentov i khanskikh yarlykov Khivinskogo khanstva XVII – nachala XX v. [Regests of Qazi Documents and Khan’s Yarlyks of the Khiva Khanate from the 17th to the Beginning of the 20th Century] / ed. by E. V. Rtveladze. – Tashkent: Fan, 2007. – 223 p. – ISBN 978-9943-09-360-7. – URL: CiNii Books bibliographic record
3. Munirov Q. Xorazmda tarixnavislik (XVII–XIX va XX asr boshlari) [Historiography in Khorezm: 17th–19th and Early 20th Centuries]. – Tashkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2002. – 191 p. – ISBN 5-635-02096-8. – URL: CiNii Books bibliographic record
4. Abdurasulov U. A. Zemelnye otnosheniya v Khivinskom khanstve vo vtoroy polovine XVIII – pervoy chetverti XIX v. [Land Relations in the Khiva Khanate in the Second Half of the 18th – First Quarter of the 19th Century]: dissertation for the degree of Candidate of Historical Sciences. – Tashkent: Institute of History, Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, 2008. – 182 p. – P. 10–45. – URL: Bibliographic record of the dissertation
5. Yakubov Q. K. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida Xiva xonligida vaqf instituti (tarixiy-manbashunoslik tahlili) [The Waqf Institution in the Khiva Khanate in the Second Half of the 19th – Early 20th Centuries: A Historical and Source-Study Analysis]: Dissertation Abstract of the Doctor of Philosophy (PhD) in Historical Sciences. – Tashkent, 2018. – 52 p. – URL: ZiyoNET — dissertation abstract
6. Allaeva N. A. XVI–XIX asrning 70-yillarida Xiva xonligi tashqi aloqalari tarixi [The History of Foreign Relations of the Khiva Khanate in the 16th – 70s of the 19th Century]: Dissertation Abstract of the Doctor of Historical Sciences (DSc). – Tashkent: Institute of History of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, 2019. – 82 p. – URL: ZiyoNET — official dissertation abstract