MUMTOZ ADABIYOT VA XALQ OG‘ZAKI IJODINING O‘ZBEK ADABIY TAFAKKURI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.67227/w20htk64Kalit so‘zlar:
mumtoz adabiyot, xalq og‘zaki ijodi, folklor, adabiy tafakkur, milliy estetika, adabiy an’ana, xalqona obraz, motiv, syujet, poetika, an’ana va novatorlik, badiiy sintez.Abstrak
Mazkur maqolada mumtoz adabiyot va xalq og‘zaki ijodining o‘zbek adabiy tafakkuri taraqqiyotidagi o‘rni, ular o‘rtasidagi mushtaraklik va o‘zaro ta’sir masalalari tahlil qilinadi. O‘zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida folklor an’analari, xalqona obrazlar, syujet va motivlar hamda mumtoz poetika tamoyillarining badiiy tafakkurga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, mumtoz va folklor an’analarining keyingi davr o‘zbek adabiyotida davom etishi, ularning yangi ijtimoiy-estetik mazmun bilan boyishi Shuhrat ijodi misolida qisqacha ko‘rib chiqiladi. Adib asarlarida xalqona obraz va motivlar, milliy badiiy tafakkur hamda mumtoz adabiyotga xos poetik unsurlarning uyg‘unlashuvi an’ana va novatorlik munosabati nuqtai nazaridan baholanadi. Maqolada mumtoz va xalq adabiyoti an’analarining uzviy aloqasi o‘zbek adabiy tafakkurining milliy-estetik xususiyatlarini belgilagan muhim omillardan biri ekani asoslanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Mirzayev T. Xalq baxshilarining epik repertuari. – Toshkent: Fan, 1979. – 152 b.
2. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1990. – 304 b.
3. Sarimsoqov B. Folklor va o‘zbek adabiyotiga doir izlanishlar // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1975. – № 5. – B. 33–37.
4. Sobirov O. O‘zbek sovet adabiyotida folklor va folklor an’analari // O‘zbek sovet folklori masalalari. 1-kitob. – Toshkent, 1970. – B. 125–143.
5. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2009. – 192 b.
6. Sobirov O. Sarchashma adib ijodida. – Toshkent: Fan, 1975. – 68 b.
7. Jamol Kamol. Shuhrat she’rining uslubiy xususiyatlari // Lirik she’riyat. – Toshkent: Fan, 1986. – B. 143.
8. Normatov U. Shuhrat: adabiy portret. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1969. – 120 b.
9. Soatova N. Shuhrat adabiy merosida an’ana va mahorat. – Toshkent: Vneshinvestprom, 2022. – 202 b.
10. Soatova N. Shuhrat ijodida folklor an’analari // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent: Fan, 2011. – № 5. – B. 72–74.
11. Soatova N. Shuhrat she’riyatida xalq ohanglari // Adabiyot ko‘zgusi: ilmiy to‘plam. – Toshkent: O‘zR FA Davlat adabiyot muzeyi, 2009. – № 11. – B. 72–74.
12. Soatova N. An’ana va izdoshlik // Yosh sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi № 11 ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislari. – Toshkent: TDShI, 2014. – B. 316–318.
13. Soatova N. Shuhrat va folklor // O‘zbek tili va adabiyoti tarixi, tadrijiy taraqqiyotining o‘rganilishi: natijalar va muammolar: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Jizzax, 2021. – B. 32–35.
14. Shuhrat. Oltin zanglamas. – Toshkent: Sharq, 1995. – 400 b.