MUXAMMAS: AN’ANA, VORISLIK VA BADIIY TALQIN (NODIRA G‘AZALIGA FAROG‘AT KAMOLOVA BOG‘LAGAN MUXAMMAS MISOLIDA)
DOI:
https://doi.org/10.67227/8t6wej82Kalit so‘zlar:
Nodira, Farog‘at Kamolova, g‘azal, muxammas, taxmischilik, mumtoz she’riyat, adabiy an’ana, ijodiy vorislik, intertekstual¬lik, badiiy talqin, lirik qahramon, ishq, hijron, poetik obraz, ramz.Abstrak
Maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakillaridan biri Nodiraning “Yorning vasli emas ozorsiz” g‘azali hamda Farog‘at Kamolovaning mazkur g‘azalga bog‘lagan muxammasidagi g‘oyaviy-badiiy mushtaraklik va farqli jihatlar qiyosiy-tahliliy asosda tadqiq etiladi. Nodira g‘azalida ishq, hijron, yor vasli, ag‘yor, ozor va oshiqning ruhiy kechinmalari mumtoz poetika qonuniyatlari asosida ifodalangan bo‘lsa, Farog‘at Kamolova muxammasida mazkur motiv va obrazlar yangi badiiy kontekstda davom ettiriladi. Maqolada taxmischilik an’anasi, adabiy vorislik, intertekstual munosabat, obrazlar tizimi, ramziy ma’nolar, lirik qahramon ruhiyati hamda badiiy san’atlarning qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Nodira matnidagi “gul – xor”, “devor – soya”, “sarv” kabi an’anaviy obrazlarning Farog‘at Kamolova muxammasida “ganj – mor”, “gardi po”, “gado”, “shum raqib” kabi obrazlar bilan kengaytirilishi shoiraning ijodiy yondashuvini namoyon etishi asoslanadi. Muxammas Nodira poetik an’anasining zamonaviy davomi sifatida baholanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Xudoyberdiyev E. Adabiyotshunoslikka kirish: darslik. – Toshkent: Sharq, 2008. – 368 b. – ISBN 978-9943-00-142-8.URL: Chirchiq davlat pedagogika universiteti elektron kutubxonasi.
2. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat lug‘ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008. – 195 b.
URL: Chirchiq davlat pedagogika universiteti elektron kutubxonasi.
3. Yusupova D. Alisher Navoiy taxmislari [Elektron manba]. – 2018.URL: Xurshid Davron kutubxonasi — “Alisher Navoiy taxmislari”.
4. Chustiy. Hayotnoma. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988. – 488 b.URL: Kutubxonachi.uz — “Hayotnoma” elektron nusxasi.
5. Nodira – Komila. Devon. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2001. – 349 b.
URL: Nashr bibliografik jihatdan qayd etilgan ilmiy manba.
6. Kamolova F. Saylangan she’rlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1998. – 59 b.Shoira ijodi: Farog‘at Kamolova — she’rlar.
7. Nodirabegim. Yorning vasli emas ozorsiz... [Elektron manba] // Tafakkur.net.
URL: “Yorning vasli emas ozorsiz...” — to‘liq g‘azal matni.