SINF RAHBARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
DOI:
https://doi.org/10.67227/7qdyzf16Kalit so‘zlar:
sinf rahbari, pedagogik shart-sharoitlar, kasbiy kompetentlik, kompetensiyaviy yondashuv, tarbiyaviy faoliyat, individual yondashuv, pedagogik hamkorlik, pedagogik diagnostika, interfaol metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, refleksiya, o‘z-o‘zini baholash, o‘quvchilarning faol ishtiroki, metodik ta’minot.Abstrak
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyatini takomillashtirishning asosiy pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan. Tadqiqotda sinf rahbarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, pedagogik hamkorlikni tashkil etish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotning metodologik asosini kompetensiyaviy, tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatga asoslangan yondashuvlar tashkil etadi. Nazariy va empirik tadqiqot metodlari asosida sinf rahbari faoliyatini takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan. Tadqiqot natijasida pedagogik shart-sharoitlar tashkiliy, texnologik va maxsus guruhlarga ajratilib, ularning o‘zaro uyg‘unligi sinf rahbarining kasbiy, kommunikativ, refleksiv va rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirishning muhim omili sifatida asoslangan. Shuningdek, metodik ta’minot, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish, o‘quvchilarning faol ishtiroki va pedagogik hamkorlikni ta’minlash sinf rahbari faoliyati samaradorligini oshirishning muhim shartlari sifatida belgilangan.
Yuklashlar
Havolalar
1. Бейлина Н. С. Формирование социальной компетентности будущих бакалавров...
RSL rasmiy katalogi: RSL sahifasi
2. Крылова Н. Г. Формирование готовности студентов педвуза к деятельности классного руководителя... DisserCat — bevosita sahifa
3. Muslimov N. A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi dissertatsiyalar bazasi:Dissertatsiya sahifasi
4. Norboyeva S. M. Talabalarda ma’naviy kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish. Dissertatsiya haqidagi aniq yozuv
5. Петренко Е. Л. Вариативность воспитательной деятельности классного руководителя как педагогический феномен.DisserCat — bevosita sahifa
6. Sanayeva S. B. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish.SLIB bibliografik tasdiq
7. Urakov Sh. R. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning kompetent yondashuvga asoslangan pedagogik tizimini takomillashtirish.Bevosita ilmiy maqola sahifasi
8. Ефимова О. С. Подготовка студентов педагогического вуза к работе классного руководителя на основе компетентностного подхода.Dissertatsiya sahifasi