G‘AFUR G‘ULOM NASRIDA QAHRAMON NUTQIY PORTRETINI SHAKLLANTIRUVCHI LEKSIK-USLUBIY VA PRAGMATIK VOSITALAR
DOI:
https://doi.org/10.67227/g3t1kn77Kalit so‘zlar:
G‘afur G‘ulom, nutqiy portret, qahramon nutqi, lingvostilistika, nutqiy muloqot tilshunosligi, hissiy-baholovchi leksika, murojaat birliklari, nutqiy akt, oldindan ma’lum yashirin axborot, tagma’no.Abstrak
Maqolada G‘afur G‘ulom nasriy asarlarida qahramon nutqiy portretini shakllantiruvchi leksik-uslubiy va nutqiy-muloqotga oid vositalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi personaj nutqida qo‘llangan til birliklarining uning hissiy, ijtimoiy va muloqotga oid xususiyatlarini namoyon etishdagi vazifalarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot materiali sifatida “Shum bola”, “Yodgor” va “Netay” asarlaridagi personajlarning bevosita nutqi hamda dialogik parchalar tanlangan. Material tavsifiy, kontekstual, lingvostilistik, nutqiy vaziyat va muloqot tahlili usullari asosida o‘rganilgan. Tahlil natijasida hissiy-baholovchi leksika, erkalash va hurmat shakllari, murojaat birliklari, haqorat va qarg‘ish ifodalari, so‘zlashuvga xos leksik vositalar, nutqiy aktlar, oldindan ma’lum yashirin axborot hamda kinoyaviy tagma’no qahramon nutqiy portretini shakllantirishda o‘zaro bog‘liq vazifalarni bajarishi aniqlangan. Ushbu vositalar personajning tinglovchiga munosabati, hissiy holati va muloqotga oid xulqini uning nutqi orqali ochib berishga xizmat qiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Асташова О. И. Речевой портрет Н. Ю. Белых: динамический аспект // Политическая лингвистика. – 2011. – № 3 (37). – С. 64–68. https://politlinguistika.ru/images/3-2011/9.pdf
2. Hamidov Z. G‘afur G‘ulom prozasi leksikasi. – Toshkent: O‘zMU, 2003. – 48 b.
3. Qazaqova N. A. G‘afur G‘ulom nasriy asarlarining pragmalingvistik tadqiqi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati: 10.00.01 – O‘zbek tili. – Farg‘ona, 2019. – 49 b. https://oak.uz/pages/3825
4. G‘ulom G‘. Shum bola: qissa. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. – 192 b. – ISBN 978-9943-5316-3-5.
5. G‘ulom G‘. Tanlangan asarlar. Nazm va nasr / tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi Olmos; mas’ul muharrir N. Karimov. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. – 352 b.
https://qr.natlib.uz/file/read/0da2289a-61e7-484e-8f8c-5bebb2ba8e17.pdf