ALISHER NAVOIY IJODIDA SHAM’ OBRAZINING POETIK TALQINI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/mqgg4r45

Kalit so‘zlar:

sham’, parvona, obraz, tasavvuf, mutasavvif, mahbuba, oshiq, vafo, yor, muz shushasi, ishq, nur, o‘t, tashbeh, vasl, ramz.

Abstrak

Sharq mumtoz adabiyoti, xususan, tasavvuf adabiyoti o‘zining obrazlar tizimi, timsollari va tashbehlari bilan alohida ahamiyatga ega. Ko‘plab mutasavvif shoirlar o‘zlarining so‘z qo‘llash mahoratini namoyon etishda she’riy san’atlar, timsollar va obrazlardan unumli foydalanganlar. Shuningdek, bir obrazni turli ma’nolarda qo‘llash orqali asarning badiiyligi, tasvirning ta’sirchanligi va shoirlik mahoratini namoyon etganlar. Bunday obrazlar orasida sham’ obrazi alohida o‘rin tutadi. Tasavvuf adabiyotining ko‘plab namoyandalari singari Alisher Navoiy ijodida ham ushbu obrazning turli ma’nolarda qo‘llanganini ko‘rish mumkin. Mazkur maqolada shoir ijodida uchraydigan sham’ obrazining vafo timsoli sifatida gavdalangan baytlari tahlil qilingan. Obrazning asardagi o‘rni, badiiy tasvirdagi ahamiyati hamda ijodkor maqsadini yuzaga chiqarishdagi roli o‘rganilgan. Sham’ obrazi vafo timsoli sifatida qo‘llanilganda shoirning badiiy maqsadini qay darajada ochib berishi va obrazning o‘ziga xos xususiyatlari tahlillar asosida ko‘rsatib berilgan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror / tahrir hay’ati: A. Qayumov va boshq.; so‘zboshi muallifi A. Hayitmetov; mas’ul muharrir V. Rahmonov. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. – 352 b. – (O‘zbek adabiyoti bo‘stoni).

2. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin: nasriy bayoni bilan / tahrir hay’ati: A. Qayumov va boshq.; tuzuvchi A. Erkinov; mas’ul muharrir V. Rahmonov. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. – 592 b. – (O‘zbek adabiyoti bo‘stoni).

3. Haqqulov I. Ch. O‘zbek tasavvuf she’riyatining shakllanishi va taraqqiyoti (g‘oyaviylik, izdoshlik, obrazlar olami): filol. fan. d-ri diss. – Toshkent, 1995. – 282 b.

4. Rafiddinov S. S. Atoyiyning poetik mahorati: filol. fan. nomz. diss. – Toshkent, 1993. – 156 b.

5. Mamadaliyeva Z. U. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidagi ramziy obrazlar tizimi: filol. fan. nomz. diss. – Toshkent, 2011. – 177 b.

6. Matyoqubova T. R. Ogahiy she’riyatida an’anaviy obrazlar talqini: filol. fan. nomz. diss. – Toshkent, 2001. – 134 b.

7. Qobilova Z. B. Amiriy va uning adabiy faoliyati: filol. fan. nomz. diss. – Toshkent, 2007. – 134 b.

8. Bozorova N. P. Alisher Navoiy g‘azallarida ko‘ngil obrazi (“Badoye ul-bidoya” devoni asosida): filol. fan. nomz. diss. – Toshkent, 2002. – 135 b.

9. Ramazonov N. Alisher Navoiy ijodida faqr talqini va faqir obrazi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. – Toshkent, 2019. – 146 b.

10. Xolboyeva M. U. Alisher Navoiy ijodida gul va bulbul obrazi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. – Toshkent, 2025. – 131 b.

11. Sharipov Sh. Alisher Navoiy “Lison ut-tayr” dostonining genezisi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 1982. – 94 b.

12. Olimov S. Ishq, oshiq va ma’shuq. – Toshkent: Fan, 1992. – 80 b.

13. Haqqulov I. Tasavvuf va she’riyat. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991. – 184 b.

14. Haqqulov I. Navoiyga qaytish. 5-kitob: publitsistika. – Toshkent: Tafakkur MChJ, 2024. – 128 b.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-09-05

Qanday havola qilish kerak

ALISHER NAVOIY IJODIDA SHAM’ OBRAZINING POETIK TALQINI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(9), 110-114. https://doi.org/10.67227/mqgg4r45