AID AHMAD IJODINI O‘RGANILISHIGA DOIR
DOI:
https://doi.org/10.67227/jt3jny19Kalit so‘zlar:
badiiy mahorat, estetik ideal, adabiy portret, ijodkor shaxsiyati, xalqchillik, komizm, tanqid, satirachilik, yumor, kulgi estetikasi.Abstrak
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Said Ahmad (Saidahmad
Husanxo‘jayev) ijodining adabiyotshunoslikda o‘rganilish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda
adib ijodiga bag‘ishlangan monografiyalar, dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar va bibliografik
manbalar qiyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Xususan, Umarali Normatovning “Said Ahmad”,
Shoira Axmedovaning “Yumor jilolari” monografiyalari, “Said Ahmad hajviyotida badiiy
mahorat” mavzusidagi tadqiqotlar hamda Abdimurot Nomozovning “Hozirgi o‘zbek
dramaturgiyasining komik tabiati (Said Ahmad va O‘lmas Umarbekov komediyalari asosida)”
nomli dissertatsiyasi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, B. Yo‘ldoshevning “Said Ahmad:
bibliografiyasi”, Ortiqali Nomozovning “Said Ahmadning chorbog‘i”, O‘tkir Hoshimovning
“Said Ahmad safarda: hazil-hangomalar, suhbat” asarlari, O. Sharafiddinovning “Xalq sevgan
adib” maqolasi hamda “Said Ahmad san’ati: zamondoshlari mashhur adib haqida” kitobidagi fikr-
mulohazalar o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida Said Ahmad ijodining xalqchillik, yumor, satira,
komizm va badiiy mahorat kabi jihatlari adabiyotshunoslikda keng tadqiq etilgani hamda adib
merosining o‘zbek adabiy jarayonidagi muhim o‘rni yoritib berilgan.
Yuklashlar
Havolalar
1. Normatov U. Said Ahmad. Adabiy portret. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1971.
2. Ahmedova Sh. Yumor jilolari. – Toshkent: Fan, 1998. – 128 b.
3. Axmedova Sh. N. Said Ahmad hajviyotida badiiy mahorat: diss. ... filol. fan. nomzodi. –
Toshkent, 1994. – 137 b.
4. Nomozov A. N. Hozirgi o‘zbek dramaturgiyasining komik tabiati (Said Ahmad va O‘lmas
Umarbekov komediyalari asosida): diss. ... filol. fan. nomzodi. – Toshkent, 1994. – 129 b.
5. Yo‘ldoshev B. Said Ahmad: bibliografiya. – Samarqand, 1977. – 69 b.
6. Nomozov O. Said Ahmadning chorbog‘i: esselar va ocherklar. – Toshkent: Zarqalam, 2004. –
120 b.
7. Sharafiddinov O. Xalq sevgan adib // Said Ahmad. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Sharq, 2010.
– B. 5–11.
8. Hoshimov O‘. Said Ahmad safarda: hazil-hangomalar, suhbat. – Toshkent: Meriyus, 2011. –
151 b.
9. Said Ahmad san’ati: zamondoshlari mashhur adib haqida / to‘plab, nashrga tayyorlovchi A.
Jo‘rayev; mas’ul muharrir I. Shoymardonov. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010. – 288 b.