OLIY TIBBIY TA’LIMDA TALABALARNING KASBIY-AXLOQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK TIZIMI VA DIDAKTIK MODELLASHTIRISH

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/ptf3gp36

Kalit so‘zlar:

oliy tibbiy ta’lim, kasbiy-axloqiy kompetentlik, bioetika, metodik tizim, pedagogik modellashtirish, interfaol ta’lim, didaktik ta’minot.

Abstrak

Tadqiqotning maqsadi oliy tibbiy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning metodik tizimi va didaktik ta’minotini mantiqiy-tuzilmaviy modellashtirish orqali takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi tizimli-strukturaviy yondashuv, pedagogik modellashtirish, kognitiv, jarayonli va natijaviy mezonlarni belgilash, shuningdek, interfaol ta’lim usullari (FSMU, SWOT-tahlil, keys-stadi, Venn diagrammasi) hamda mualliflik metodlari (“Uzum”, “Yuqori pog‘ona”)ni o‘z ichiga oladi. Asosiy natijalar shuni ko‘rsatadiki, falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda maqsadli didaktik modellarni qo‘llash talabalarda bioetik tafakkur, kommunikativ madaniyat, qadriyatli-mazmunli yondashuv va kasbiy refleksiyani tizimli ravishda shakllantiradi. Olingan natijalar asosida kognitiv, jarayonli va natijaviy mezonlar bo‘yicha talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik, milliy-umummadaniy va o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarining o‘sishi aniqlandi. Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan mantiqiy-tuzilmaviy model va interfaol metodikalar majmuasini tibbiyot oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv jarayoniga integratsiya qilish hamda bo‘lajak shifokorlarni insonparvarlik, adolat va yuksak mas’uliyat tamoyillari asosida tayyorlash imkoniyatlari bilan belgilanadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/5841063

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ–5040-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/-5344692

3. Ochilova N. M. Talabalarda pedagog odobi fazilatlarini shakllantirish: ped. fan. nom. ... diss. avtoref. – Toshkent: O‘zPFITI, 2007. – 22 b. – URL: https://www.interaktiv.oak.uz/avtoreferat/3aO20855fO1.file (Interaktiv)

4. Rahimov B. X. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-madaniy munosabatlarning shakllanishi: ped. fan. nom. ... diss. avtoref. – Toshkent: O‘zPFITI, 2005. – 24 b. – URL: https://www.interaktiv.oak.uz/avtoreferat/3aO20855fO1.file (Interaktiv)

5. Qushvaqtov N. X. Talabalarni milliy-ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga tayyorlashning pedagogik va kompyuterli asoslari: ped. fan. nom. ... diss. – Jizzax, 2006. – 150 b. – URL: https://api.ziyonet.uz/uploads/books/10001253/n1b7NcIFWoNH2Dw.pdf (Ziyonet)

6. Jamoliddinova O. R. Yoshlar sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik tamoyillari amal qilishining pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish: ped. fan. dok. ... diss. avtoref. – Toshkent, 2015. – 83 b. – URL: https://maktabgacha-va-maktab-talimi-jurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/6820

7. Saliyeva Z. T. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish: ped. fan. dokt. (DSc) diss. avtoref. – Toshkent: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2017. – 66 b. – URL: https://ilmsarchashmalari.uz/user-media/issues_files/2024-8.pdf

8. Egamberdiyeva N. M. Madaniy-insonparvarlik yondashuv asosida talabalarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish nazariyasi va amaliyoti (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida): ped. fan. dok. ... diss. – Toshkent, 2010. – 332 b. – URL: https://econferences.ru/index.php/arims/article/view/18483

9. Muslimov N. A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: ped. fan. dok. ... diss. – Toshkent, 2007. – 315 b. – URL: https://api.ziyonet.uz/uploads/books/10001253/n1b7NcIFWoNH2Dw.pdf (TAMADDUN NURI JURNALI)

10. Xodjayev B. X. Modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. – 288 b. – ISBN 978-9943-998-88-9. – URL: https://kitobxon.com/oz/kitob/modernizaciyalashgan-didaktik-taminot-vositasida-umumtalim-maktablari-oquvchilarida-tarihiy-tafakkurni-rivojlantirish

11. Hasanboyev J., Turopova M., Hasanboyeva O. Ma’naviy-axloqiy tarbiya asoslari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2002. – URL: https://www.scribd.com/document/781716401/640

12. Асмолов А. Г. Психология личности: культурно-историческое понимание развития человека. – 3-е изд., испр. и доп. – Москва: Смысл; Издательский центр «Академия», 2007. – 528 с. – URL: https://psychlib.ru/mgppu/APl-2007/APl-527.htm

13. Musurmonova O. Tarbiya nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2016. – URL: https://universaljournal.uz/index.php/uxij/uz/article/view/572

14. Falsafa: qomusiy lug‘at. – Toshkent: Sharq, 2004. – 496 b. – URL: https://cspu.uz/falsafa-qomusiy-lugat

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-09-05

Qanday havola qilish kerak

OLIY TIBBIY TA’LIMDA TALABALARNING KASBIY-AXLOQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK TIZIMI VA DIDAKTIK MODELLASHTIRISH. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(9), 125-130. https://doi.org/10.67227/ptf3gp36