NAZAR ESHONQUL IJODIDA AYOLLAR OBRAZLARINING TASNIFLANISHI
DOI:
https://doi.org/10.67227/byn9v685Kalit so‘zlar:
Nazar Eshonqul, o‘zbek nasri, ayol obrazi, xotin-qizlar obrazi, badiiy-estetik ideal, milliylik, psixologizm, xarakter, fojeali taqdir, ijtimoiy-ma’naviy mavqe, interyer, badiiy detal.Abstrak
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining yirik vakillaridan biri Nazar Eshonqul ijodida ayol obrazining badiiy-estetik, ijtimoiy-ma’naviy va psixologik xususiyatlari tahlil etiladi. Yozuvchining hikoya va qissalarida yaratilgan xotin-qizlar obrazlari yosh, ijtimoiy-ma’naviy mavqe, ruhiy holat va xarakter xususiyatlariga ko‘ra tasniflanadi. Shuningdek, ayol obrazlarining milliy mentalitet, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar hamda o‘zbek ayoliga xos sadoqat, fidoyilik, matonat va e’tiqod bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Maqolada “Urush odamlari”, “Momoqo‘shiq”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Bepoyon osmon” va “Qultoy” kabi asarlardagi ayol personajlari misolida ularning fojeali taqdirlari, ijtimoiy muhit bilan munosabatlari hamda ichki kechinmalari tahlil qilinadi. Nazar Eshonqulning ayol obrazlarini yaratishda bevosita va bilvosita tavsif usullaridan foydalanishi, shuningdek, badiiy makon, interyer, detal va personajlararo munosabatlarning qahramon xarakterini ochib berishdagi o‘rni yoritiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Burxonova F. A. Muallif adabiy-estetik qarashlari va ijodiy parallelizm (Nazar Eshonqul va Ulug‘bek Hamdam ijodi misolida): filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent, 2019. – 165 b. – B. 68. – URL: https://oak.uz/page/8?page=2782
2. Xoldorov D. Ijod mohiyati – uslub xosiyati. – Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017. – 160 b. – B. 54. – URL: https://tsuull.uz/sites/default/files/navoiy_va_pushkin_toplam_2024_oxirgi.pdf
3. Xoldorov D. Ijod mohiyati – uslub xosiyati. – Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017. – 160 b. – B. 55. – URL: https://tsuull.uz/sites/default/files/navoiy_va_pushkin_toplam_2024_oxirgi.pdf
4. Eshonqul N. Saylanma. II qism: roman va qissalar. – Toshkent: Akademnashr, 2022. – 576 b. – ISBN 978-9943-7578-1-3. – B. 404. – URL: https://hilolnashr.uz/nashriyotlar-uz/akademnashr-uz/saylanma-2
5. Eshonqul N. Saylanma. II qism: roman va qissalar. – Toshkent: Akademnashr, 2022. – 576 b. – ISBN 978-9943-7578-1-3. – B. 404. – URL: https://hilolnashr.uz/nashriyotlar-uz/akademnashr-uz/saylanma-2