1960–1980-YILLARDA O‘ZBEKISTON AHOLISINING DAROMADLARI VA XARAJATLARI: TARIXIY-STATISTIK TAHLIL (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA)
DOI:
https://doi.org/10.67227/qchdyn60Kalit so‘zlar:
Surxondaryo, daromadlar, xarajatlar, kolxoz, ish haqi, iste’mol, paxta yakkahokimligi, ijtimoiy farovonlik, sovet davri, statistika.Abstrak
Ushbu maqolada 1960–1980-yillarda Surxondaryo vohasi aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, xususan, oila daromadlari va xarajatlarining tarkibiy o‘zgarishlari tahlil qilingan. Tadqiqot davri sobiq Ittifoq iqtisodiyotining turg‘unlik va shu bilan birga qishloq xo‘jaligini jadal modernizatsiya qilish bosqichlariga to‘g‘ri keladi. Maqolada vohada paxta yakkahokimligining aholi farovonligiga ta’siri, ish haqi dinamikasi, kolxozchilarning daromad manbalari va iste’mol savatchasining shakllanishi statistik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, aholi xarajatlarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining ulushi, ijtimoiy xizmatlarning o‘rni hamda uy-joy sharoitlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, daromadlarning nominal o‘sishiga qaramasdan, real xarid qobiliyati mahsulotlar taqchilligi va narxlarning sun’iy ravishda ushlab turilishi sababli o‘ziga xos murakkabliklarga ega bo‘lgan. Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos agrar xususiyatlari aholi xarajatlari tarkibida shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning ahamiyatini oshirganligi aniqlangan.
Yuklashlar
Havolalar
1. Aminova R. X. O‘zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot: tarix va tajriba. – Toshkent: Fan, 1985. – 240 b.
2. Народное хозяйство Узбекской ССР в 1980 году: стат. ежегодник. – Ташкент: Узбекистан, 1981. – 350 с.
3. Tursunov S., Qobilov E. Surxondaryo tarixi. – Toshkent: Sharq, 2004. – 608 b.
4. To‘xliyev N. O‘zbekiston iqtisodiyoti: savollar va javoblar. – Toshkent: O‘zbekiston, 1991. – 180 b.
5. Qodirova T. XX asrning 60–80-yillarida O‘zbekiston ijtimoiy hayoti. – Toshkent: Universitet, 1998. – 120 b.
6. Искандеров И. И., Ульмасов А. У., Хикматов А. Х. и др. Социально-экономическое развитие Узбекистана за годы Советской власти. – Ташкент: Узбекистан, 1984. – 210 с.
7. Ro‘ziyev A. N. Surxondaryo viloyati. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 140 b.
8. Ziyodullayev S. K. O‘zbekiston ekonomikasining regional problemalari. – Toshkent: Fan, 1987. – 250 b.
9. Bozorov O. XX asrning 70–80-yillarida O‘zbekiston iqtisodiy ahvoli // Interpretation and Researches. – 2024. – № 11.
10. Tuxtayeva R. // World Bulletin of Social Sciences. – 2023. – Vol. 21, April. – Scholar Express
11. Народное хозяйство СССР за 60 лет: стат. сборник. – Москва: Статистика, 1977. – 710 с.
12. Allaberganov O. 1945–1991-yillarda O‘zbekiston SSR qishloq aholisining pensiya ta’minoti // Экономика и социум. – 2024. – № 8.
13. 1960–1980-yillarda Surxondaryo viloyati qishloqlari aholisining daromadi // Surxondaryoda ilm va fan. – Termiz, 2022. – № 2–3 (8). – B. 63–68.