GENERATIV SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA AKADEMIK YOZUV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA AKADEMIK HALOLLIKNI TA’MINLASH

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/6weqan02

Kalit so‘zlar:

generativ sun’iy intellekt, akademik yozuv, akademik yozuv kompetensiyasi, filologiya talabalari, akademik halollik, sun’iy intellekt savodxonligi, raqamli pedagogika.

Abstrak

Mazkur maqolada O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining filologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida ingliz tilida akademik yozuv kompetensiyasini generativ sun’iy intellekt texnologiyalari asosida rivojlantirish imkoniyatlari hamda mazkur jarayonda akademik halollikni ta’minlash tamoyillari muhokama qilinadi. Akademik yozuv jarayonida generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining funksiyalari rejalashtirish, g‘oya yaratish, akademik matnni shakllantirish, grammatik va leksik tahlil, g‘oyani takomillashtirish, ilmiy manbalar bilan ishlash va refleksiv qayta ko‘rib chiqish asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, generativ sun’iy intellekt vositalaridan nazoratsiz foydalanish yoki ularga haddan ortiq tobe bo‘lib qolish natijasida akademik halollik tamoyillarining buzilishi, plagiat, tayyor matnni o‘zlashtirish, tekshirilmagan manbalardan foydalanish, mualliflik masalalaridagi noaniqliklar hamda mustaqil fikrlash qobiliyatining cheklanishi kabi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar muhokama qilinadi. Maqolada filologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida akademik yozuv kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida generativ sun’iy intellekt vositalaridan “matn yaratuvchi” emas, balki “pedagogik jihatdan yordam beruvchi vosita” sifatida foydalanishga asoslangan metodik yondashuv taklif etiladi. Ushbu yondashuv talabalarning prompt tuzishi, sun’iy intellekt tomonidan taqdim etilgan javoblarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqishi, ilmiy manbalarni mustaqil tekshirishi, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanganligini ochiqlashi va akademik yozuv jarayonini bosqichma-bosqich hujjatlashtirib borishini nazarda tutadi. Tadqiqot natijasida generativ sun’iy intellekt texnologiyalari asosida filologiya talabalarining ingliz tilidagi akademik yozuv kompetensiyasini rivojlantirish va akademik halollikni ta’minlashni o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi didaktik-metodik modelni ishlab chiqishning nazariy asoslari belgilab olindi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni. – 2019-yil 8-oktabr.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-son Qarori. – 2021-yil 17-fevral.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5234-son Qarori. – 2021-yil 26-avgust.

4. Flower L., Hayes J. R. A Cognitive Process Theory of Writing // College Composition and Communication. – 1981. – Vol. 32, No. 4. – P. 365–387. – DOI: 10.2307/356600

5. Hysaj A., Dean B. A., Freeman M. Exploring the Purposes and Uses of Generative Artificial Intelligence Tools in Academic Writing for Multicultural Students // Higher Education Research & Development. – 2025. – Advance online publication. – DOI: 10.1080/07294360.2025.2488862

6. Johnston H., Wells R. F., Shanks E. M., Boey T., Parsons B. N. Student Perspectives on the Use of Generative Artificial Intelligence Technologies in Higher Education // International Journal for Educational Integrity. – 2024. – Vol. 20. – Article 2. – DOI: 10.1007/s40979-024-00149-4

7. Kim J., Yu S., Detrick R., Li N. Exploring Students’ Perspectives on Generative AI-Assisted Academic Writing // Education and Information Technologies. – 2025. – Vol. 30. – P. 1265–1300. – DOI: 10.1007/s10639-024-12878-7

8. Kofinas A. K., Tsay C.-H., Pike D. The Impact of Generative AI on Academic Integrity of Authentic Assessments Within a Higher Education Context // British Journal of Educational Technology. – 2025. – P. 1–28. – DOI: 10.1111/bjet.13585

9. Maphoto K. B., Sevnarayan K., Mohale N. E., Suliman Z., Ntsopi T. J., Mokoena D. Advancing Students’ Academic Excellence in Distance Education: Exploring the Potential of Generative AI Integration to Improve Academic Writing Skills // Open Praxis. – 2024. – Vol. 16, No. 2. – P. 142–159. – DOI: 10.55982/openpraxis.16.2.649

10. Wang L., Ren B. Enhancing Academic Writing in a Linguistics Course with Generative AI: An Empirical Study in a Higher Education Institution in Hong Kong // Education Sciences. – 2024. – Vol. 14. – Article 1329. – DOI: 10.3390/educsci14121329

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-09-04

Qanday havola qilish kerak

GENERATIV SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA AKADEMIK YOZUV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA AKADEMIK HALOLLIKNI TA’MINLASH. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(9), 158-162. https://doi.org/10.67227/6weqan02