O‘ZBEKISTONDA O‘ZBEK–RUS BILINGVIZMINING TARIXIY DINAMIKASI: SOVET VA MUSTAQILLIK DAVRIGA OID TADQIQOTLARNING TARIXSHUNOSLIK TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.67227/0b1xyq67Kalit so‘zlar:
bilingvizm, o‘zbek tili, rus tili, tarixshunoslik, til siyosati, sovet davri, ruslashtirish, mustaqillik, identitet, kod almashinuvi, O‘zbekiston.Abstrak
Mazkur maqolada O‘zbekistonda o‘zbek–rus bilingvizmining shakllanishi va transformatsiyasiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tarixshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Sovet va mustaqillik davrlariga oid mahalliy hamda xorijiy tadqiqotlarda bilingvizm, rus tilining ijtimoiy funksiyalari, milliy tilni saqlash, ta’lim siyosati, ruslashtirish, til identiteti va kod almashinuvi masalalarining qanday talqin qilingani qiyosiy o‘rganiladi. B. Silver, W. Fierman, N.A. Mustafaeva, G.N. Khaki va R.A. Sheikh, A. Dietrich, K. Aminov va hammualliflar, R.E. Zaripov hamda S.V. Valappilning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, mazkur muammoni o‘rganish metodologiyasidagi evolyutsiya ochib beriladi. Tadqiqot natijasida o‘zbek–rus bilingvizmi tarixshunosligida davlat til siyosatini o‘rganishdan ijtimoiy til amaliyoti, funksional bilingvizm, identitet va kod almashinuvi masalalariga tomon metodologik siljish yuz bergani aniqlanadi. Shu bilan birga, sovet va mustaqillik davrlarini yagona tarixiy jarayon sifatida birlashtiruvchi, davlat siyosati bilan kundalik va oilaviy til amaliyotini parallel tahlil qiluvchi kompleks tadqiqotlarning yetarli emasligi ko‘rsatiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Silver B. Bilingualism and Maintenance of the Mother Tongue in Soviet Central Asia // Slavic Review. – 1976. – Vol. 35, No. 3. – P. 406–424. – Source
2. Khaki G. N., Sheikh R. A. Central Asia under Soviets: A Paradigm Shift to Bilingualism // International Journal of Peace, Education and Development. – 2014. – Vol. 2, No. 2–3. – P. 81–86. – Source
3. Dietrich A. Soviet and Post-Soviet Language Policies in the Central Asian Republics and the Status of Russian. – Source
4. Мустафаева Н. А. Русский язык в школах советского Узбекистана (30–80-е гг. XX века) // Историческая этнология. – 2021. – Т. 6, № 2. – С. 194–207. – DOI: 10.22378/he.2021-6-2.194-207
5. Fierman W. Problems of Language Law Implementation // Nationalities Papers. – 1995. – Vol. 23, No. 3. – P. 573–595. – Source
6. Aminov K., Jensen V., Juraev S., Overland I., Tyan D., Uulu Y. Language Use and Language Policy in Central Asia // Central Asia Regional Data Review. – 2010. – Vol. 2, No. 1. – Source
7. Zaripov R. E. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda til siyosati: bilingvizm va pluralingvizm : filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Andijon, 2021. – Manba
8. Valappil S. V. Bilingval jamiyatda o‘zbek diskursidagi kod almashinuvining lingvo-kognitiv aspekti : filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2025. – Manba
9. Fierman W. Language Planning and National Development: The Uzbek Experience. – Berlin; New York: Mouton de Gruyter, 1991. – Source
10. Silver B. D. Language Policy and Linguistic Russification of Soviet Nationalities // Soviet Nationality Policies and Practice. – New York, 1978. – P. 250–306. – Source
11. Kreindler I. T. Soviet Language Planning Since 1953 // Language Planning in the Soviet Union. – London, 1989. – P. 46–63. – Source
12. Pool J. Soviet Language Planning: Goals, Results, Options // Soviet Nationality Policies and Practice. – New York, 1978. – Source
13. Laitin D. D. Identity in Formation: The Russian-Speaking Populations in the Near Abroad. – Ithaca: Cornell University Press, 1998. – Source
14. Landau J. M., Kellner-Heinkele B. Politics of Language in the Ex-Soviet Muslim States. – London: Hurst & Company, 2001. – Source