TALABALARDA MILLIY ESTETIK DIDNI SHAKLLANTIRISHDA AN’ANAVIY LIBOS VA AKSESSUARLARNING MADANIY-PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.67227/fphz9838Kalit so‘zlar:
milliy estetik did, milliy libos, aksessuar, atlas, adras, do‘ppi, zargarlik buyumlari, rang ramziyligi, madaniyatshunoslik yondashuvi, estetik tarbiya, texnologik ta’lim.Abstrak
Mazkur maqolada an’anaviy milliy libos va aksessuarlarning talabalarda milliy estetik didni shakllantirishdagi madaniy-pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Milliy liboslar xalqning tarixiy xotirasi, badiiy tafakkuri, estetik qadriyatlari va madaniy identifikatsiyasini aks ettiruvchi muhim vosita sifatida yoritilgan. Tadqiqotda atlas va adras matolari, do‘ppi, zargarlik buyumlari hamda rang ramziyligining estetik xususiyatlari madaniyatshunoslik asosidagi qiyosiy-tahliliy metod yordamida o‘rganilgan. Tahlil natijalari an’anaviy libos va aksessuarlarning rang sezgirligi, kompozitsion tafakkur, ornamentni anglash, estetik baholash va ijodiy yondashuvni rivojlantirishdagi pedagogik ahamiyatini ko‘rsatdi. Milliy estetik didni rivojlantirish jarayoni idrok etish, mazmunini anglash va ijodiy qo‘llash bosqichlarining izchil birligi sifatida asoslandi. Shuningdek, milliy libos va aksessuarlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish talabalarda milliy madaniy merosga qadriyatli munosabat, estetik tanlov va zamonaviy dizayn yechimlarini ishlab chiqish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlandi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Roach-Higgins M. E., Eicher J. B. Dress and Identity // Clothing and Textiles Research Journal. – 1992. – Vol. 10, No. 4. – P. 1–8. – DOI: 10.1177/0887302X9201000401
2. Forney J. C., Rabolt N. J. Ethnic Identity: Its Relationship to Ethnic and Contemporary Dress // Clothing and Textiles Research Journal. – 1986. – Vol. 4, No. 2. – P. 1–8. – DOI: 10.1177/0887302X8600400201
3. Crane D., Bovone L. Approaches to Material Culture: The Sociology of Fashion and Clothing // Poetics. – 2006. – Vol. 34, No. 6. – P. 319–333. – DOI: 10.1016/j.poetic.2006.10.002
4. Shin J., Min S. Incorporating Cultural Heritage into Creative Scholarship and Design Education: Insights from Korean Fashion Design Educators in the United States // Research Journal of Textile and Apparel. – 2026. – Vol. 30, No. 1. – P. 169–190. – DOI: 10.1108/RJTA-10-2024-0182
5. Zhang Q., Lau H. L., Cheng C. H., Wang J., Ng H. How a Heritage Craft Reshapes Learning: A Case Study of Gambiered Canton Gauze in Fashion Education // International Journal of Fashion Design, Technology and Education. – 2026. – DOI: 10.1080/17543266.2026.2693325
6. Davlatova S. T. From the History of Formation of Uzbek Folk Traditional Clothes // International Journal of Humanities, Literature & Arts. – 2021. – Vol. 4, No. 1. – P. 35–42. – DOI: 10.31295/ijhla.v4n1.1723
7. Davlatova S. T. Qashqadaryo milliy kiyimlari: an’anaviylik va zamonaviylik. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.
8. Rahmatullayeva D., Xodjayeva U., Ataxanova F. Libos tarixi. – Toshkent: Sano-standart, 2015.
9. Mansurov U. N. Traditional Clothing of Uzbek Women: History and Ethnic Features // Journal of Social Research in Uzbekistan. – 2022. – Vol. 2, No. 1. – P. 89–93. – DOI: 10.37547/supsci-jsru-02-01-10
10. UNESCO. Margilan Crafts Development Centre, Safeguarding of the Atlas and Adras Making Traditional Technologies. – Register of Good Safeguarding Practices, 2017. – Source
11. Xusanov Ch. K. Chust – hunarmandlar shahri va qadimiy an’analar maskani // O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali. – 2026. – Manba
12. The Metropolitan Museum of Art. Amulet Case, One of a Pair. – 19th century. – Present-day Uzbekistan, Samarkand. – Silver, coral, turquoise, glass. – Source