OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TYUTOR FAOLIYATINING PEDAGOGIK MAZMUNI VA TALABALAR SHAXSIY-KASBIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI
DOI:
https://doi.org/10.67227/epw96w53Kalit so‘zlar:
tyutor, tyutorlik faoliyati, oliy ta’lim, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, individual maslahat, shaxsiy rivojlanish, kasbiy rivojlanish, akademik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-psixologik moslashuv, pedagogik diagnostika.Abstrak
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida tyutor faoliyatining pedagogik mazmuni hamda uning talabalar shaxsiy va kasbiy rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda tyutorlik faoliyati talabalarning akademik qo‘llab-quvvatlanishi, individual maslahat olishi, tarbiyaviy faoliyatga jalb etilishi, ijtimoiy-psixologik moslashuvi, kasbiy yo‘naltirilishi, motivatsion qo‘llab-quvvatlanishi hamda monitoring va refleksiv faoliyati bilan bog‘liq kompleks pedagogik tizim sifatida baholangan. Tadqiqot Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan 21 nafar tyutor misolida olib borilib, pedagogik diagnostikaga asoslangan strukturaviy-funksional tahlil metodidan foydalanilgan. Natijalar tyutorlik faoliyatini maqsadli pedagogik asosda tashkil etish individual maslahat berish, talabalarning ijtimoiy-psixologik moslashuvi, akademik qo‘llab-quvvatlanishi va kasbiy yo‘naltirilishi samaradorligini oshirishini ko‘rsatgan. Olingan natijalar asosida tyutor faoliyatini tashkiliy-nazorat modelidan pedagogik hamrohlik va individual rivojlantirish modeliga yo‘naltirish zarurligi asoslangan.
Yuklashlar
Havolalar
1. Yale A. T. The Personal Tutor–Student Relationship: Student Expectations and Experiences of Personal Tutoring in Higher Education // Journal of Further and Higher Education. – 2019. – Vol. 43, No. 4. – P. 533–544. – DOI: 10.1080/0309877X.2017.1377164
2. Yale A. T. Quality Matters: An In-Depth Exploration of the Student–Personal Tutor Relationship in Higher Education from the Student Perspective // Journal of Further and Higher Education. – 2020. – Vol. 44, No. 6. – P. 739–752. – DOI: 10.1080/0309877X.2019.1596235
3. Wakelin E. Personal Tutoring in Higher Education: An Action Research Project on How to Improve Personal Tutoring for Both Staff and Students // Educational Action Research. – 2023. – Vol. 31, No. 5. – P. 998–1013. – DOI: 10.1080/09650792.2021.2013912
4. Seraj S., Leggett R. The Challenges of Personal Tutoring in Higher Education: Applying a Coaching Approach at a UK Higher Education Institution // International Journal of Evidence Based Coaching and Mentoring. – 2023. – Vol. 21, No. 1. – P. 85–98. – DOI: 10.24384/gyz9-fk22
5. Tippetts M. M., Brandley A. T., Metro J., King M., Ogren C., Zick C. D. Promoting Persistence: The Role of Academic Advisors // Journal of College Student Retention: Research, Theory & Practice. – 2022. – Vol. 24, No. 2. – P. 526–547. – DOI: 10.1177/1521025120924804
6. McIntosh E. A., Thomas L., Troxel W. G., van den Wijngaard O., Grey D. Editorial: Academic Advising and Tutoring for Student Success in Higher Education: International Approaches // Frontiers in Education. – 2021. – Vol. 6. – Article 631265. – DOI: 10.3389/feduc.2021.631265
7. Zhang C., Sun N., Jiang Y., Liu H., Huang Q. The Impact of Peer Tutoring Programs on Students’ Academic Performance in Higher Education: A Meta-Analysis // The Asia-Pacific Education Researcher. – 2025. – Vol. 34, No. 4. – P. 1495–1506. – DOI: 10.1007/s40299-024-00960-0
8. Richardson T., Stepniak A. Proactive Academic Tutoring? Uniting the Pastoral and the Professional: A Critical Approach to the PAT Role in the Contemporary HEI Landscape // International Journal of Educational Research Open. – 2025. – Vol. 9. – Article 100493. – DOI: 10.1016/j.ijedro.2025.100493