BUXORO TARIXIY-MADANIY MEROSINI MUHOFAZA QILISH VA RESTAVRATSIYA MUAMMOLARI: “BUXORO HAQIQATI” GAZETASI MATERIALLARI ASOSIDA
DOI:
https://doi.org/10.67227/ebvw8k58Kalit so‘zlar:
Buxoro, “Buxoro haqiqati”, tarixiy-madaniy meros, tarixiy obidalar, restavratsiya, muhofaza, arxeologiya, me’moriy yodgorlik, Ismoil Somoniy maqbarasi, Xo‘ja Za’faron, shahar ekologiyasi, drenaj, sho‘rlanish, tarixiy xotira, jamoatchilik nazorati.Abstrak
Mazkur maqolada Buxoro viloyatining tarixiy-madaniy merosini muhofaza qilish, restavratsiya qilish va undan foydalanish masalalari “Buxoro haqiqati” gazetasi materiallari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy manba bazasini tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, restavratsiya ishlari, shahar ekologik holati, jamoatchilik nazorati va madaniy merosni boshqarish bilan bog‘liq gazeta maqolalari tashkil etadi. Manbalarda Buxoro hududida davlat hisobida turgan me’moriy, arxeologik va monumental san’at yodgorliklarining soni, ularning texnik holatini kuzatish, restavratsiya uchun mablag‘ ajratish, ayrim obidalardan madaniy-ma’rifiy va xo‘jalik maqsadlarida foydalanish, shuningdek, yodgorliklarga zarar yetkazayotgan omillar haqida muhim ma’lumotlar qayd etilgan. Maqolada tarixiy obidalarni muhofaza qilish muammosi faqat restavratsiya bilan cheklanmasligi, balki shaharsozlik, ekologik muvozanat, suv va drenaj tizimi, qurilish materiallari sifati, institutsional boshqaruv va jamoatchilik ishtiroki bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Ismoil Somoniy maqbarasi, Xo‘ja Za’faron ziyoratgohi, Tosh-saroy madrasasi, Volidai Abdullaziz, Ark va boshqa obidalar misolida matbuot manbalarining tarixiy jarayonlarni o‘rganishdagi informativ imkoniyatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijasida “Buxoro haqiqati” materiallari XX asrning so‘nggi choragida madaniy merosga munosabatning amaliy holatini, mavjud muammolarni va ularni bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik talablarini o‘rganish uchun muhim tarixiy manba ekanligi asoslanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Subhonov N. Somoniy maqbarasi xavf ostida // Buxoro haqiqati. – 1988. – № 160. – B. 4.
2. Qosimzoda A. Obidalar asrlar va nasllar boyligi // Buxoro haqiqati. – 1972. – 24-fevral. – № 39. – B. 3.
3. Fozilov A. Obidalar umrini uzaytirib // Buxoro haqiqati. – 1974. – 9-iyul. – № 132. – B. 4.
4. Xalq boyligini asraylik // Buxoro haqiqati. – 1989. – 22-dekabr. – № 244. – B. 2.
5. Fozilov N. Tarixiy obidalar xalq mulki // Buxoro haqiqati. – 1989. – 8-dekabr. – № 234. – B. 4.
6. Tarixiy yodgorliklar umumxalq boyligi // Buxoro haqiqati. – 1989. – 4-noyabr. – № 211. – B. 4.
7. Tarixiy yodgorliklar – xalq mulki // Buxoro haqiqati. – 1989. – 5-avgust. – № 149. – B. 3.
8. Jumayev Q. Ta’mirlashdagi muammolar // Buxoro haqiqati. – 1988. – 26-iyul. – № 142. – B. 3.
9. Mansurova B. El merosiga g‘ubor qo‘nmasin // Buxoro haqiqati. – 1988. – 5-yanvar. – № 3. – B. 2.
10. Yo‘ldoshev N. Zarvaraq yodgorliklar tadqiqoti // Buxoro haqiqati. – 1988. – 12-mart. – № 49. – B. 2.
11. Tarixiy yodgorliklar bebaho boyligimiz // Buxoro haqiqati. – 1984. – 15-fevral. – № 33. – B. 2.
12. Obidalar boyligimiz // Buxoro haqiqati. – 1986. – 26-mart. – № 63. – B. 3.
13. Buxoro yodgorliklarini asraymiz // Buxoro haqiqati. – 1989. – 30-dekabr. – № 250. – B. 1.