“QIYOMAT” ROMANIDA OBRAZLAR QARAMA-QARSHILIGINING BADIIY-ESTETIK TALQINI
DOI:
https://doi.org/10.67227/v84tmc81Kalit so‘zlar:
Chingiz Aytmatov, “Qiyomat” romani, badiiy kontrast, obrazlar ziddiyati, Akbara, Toshchaynar, Bozorboy, Tursun, qiyosiy tahlil, insoniylik, sadoqat, mehr-oqibat, oilaviy munosabatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ma’naviy tanazzul, badiiy tasvir.Abstrak
Ushbu maqolada Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanida badiiy kontrast va obrazlar ziddiyatining badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda Akbara va Toshchaynar obrazlari hamda Bozorboy va Tursun obrazlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik asosida insoniylik, mehr-oqibat, sadoqat, oilaviy munosabatlar va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning talqini yoritiladi. Bo‘rilar hayotining tasviri orqali sadoqat, farzandga mehr, juftiga munosabat va fidoyilik kabi fazilatlarning namoyon bo‘lishi, insonlar hayotida esa befarqlik, zo‘ravonlik, xudbinlik va ma’naviy tanazzulning aks etishi qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, Toshchaynar vafotidan keyin Akbaraning iztirobi hamda Bozorboyning fojeali holati o‘rtasidagi kontrastning asar g‘oyaviy mazmunini ochishdagi ahamiyati ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida yozuvchi kontrast vositasida insoniylik mezonlarini qayta anglash, ma’naviy qadriyatlarning yemirilishi va jamiyatdagi axloqiy muammolarni badiiy jihatdan yoritgani asoslanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Aytmatov Ch. Qiyomat. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. – B. 305. URL:
https://www.scribd.com/document/814462602/chingiz-aytmatov-qiyomat-roman
2. Aytmatov Ch. Qulayotgan tog‘lar. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. – B. 244. URL:
https://kitobxon.com/oz/kitob/%D2%9Aulayotgan_to%D2%93lar
3. Aytmatov Ch. Odam – abadiy muammo // O‘zbek adabiyoti va san’ati. – 1988. – 9-dekabr. – B. 5.
4. Aytmatov Ch. Oxirzamon nishonalari. – Toshkent: Sharq, 2001. – B. 189. URL:
https://arm.sammoi.uz/library/download/65
5. Aytmatov Ch. Povestlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 1986. – B. 215.
6. Nazar Eshonqul. Chingiz Aytmatovning «Ogohlik bonglari» // Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. – B. 314.