O‘ZBEK XALQ TOPISHMOQLARIDA TURG‘UN QOLIPLAR VA VARIANTLILIK
DOI:
https://doi.org/10.67227/xsnhxs96Kalit so‘zlar:
topishmoq, turg‘un qolip, variant, variantlilik, assotsiatsiya, assotsiativ maydon, inkor, korpus tahlili.Abstrak
Maqolada M. Abdurahimov tuzgan “O‘zbek xalq topishmoqlari” to‘plamidagi 957 ta topishmoq korpusi asosida topishmoqlardagi turg‘un qoliplar va variantlilik hodisasi assotsiativ tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Korpusda “Kichkina ...”, “Bir ...(i)m bor”, “... bor, ... yo‘q”, “Uzun-uzun ...”, “Yer tagida ...”, “Qo‘lsiz, oyoqsiz ...”, “X emas” kabi qoliplar ajratilib, ularning uchrash chastotasi va assotsiativ vazifasi aniqlangan. Variantlarning uch turi – bir javobli ko‘p matnli, bir matnli ko‘p javobli va qolipdosh variantlar farqlangan. An’anaviy topishmoqlarning 81,4 foizi variantli javoblarga ega ekani, zamonaviy topishmoqlarda esa “X emas” qolipining faollashgani aniqlangan.
Yuklashlar
Havolalar
1. O‘zbek xalq topishmoqlari / tuzuvchi va so‘zboshi muallifi M. Abdurahimov. – Elektron manba. – Ziyouz elektron kutubxonasi, 2008. URL:
https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/101-o-zbek-xalq-og-zaki-ijodi
2. Lutfullayeva D. E. Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi: monografiya. – Toshkent: Meriyus, 2017. – 140 b. URL:
https://taniqliolimlar.uz/scientists/detail/393
3. Lutfullayeva D., Davlatova R., Tojiboyev B. O‘zbek tili assotsiativ lug‘ati (milliy-madaniy birliklar). – Toshkent: Navoiy universiteti NMU, 2019. – 332 b. URL:
https://tsuull.uz/sites/default/files/2019_assotsiativ_lugat.pdf
4. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari: risola / nashrga tayyorlovchi H. Ahmedov. – Toshkent: Bookmany print, 2022. – 252 b. URL:
https://ziyouz.uz/kutubxona/yangi-kitoblar/badiiylik-asoslari-va-mezonlari/
5. Tajiboyev B. R. O‘zbek tilida so‘zning assotsiativ ma’no strukturasi (milliy-madaniy semali birliklar): monografiya. – Toshkent: Mahalla va Oila, 2021. – 108 b.
6. Usmanov F. F. O‘zbek milliy qadriyatlarining lingvomadaniy aspekti: filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. – Andijon, 2024. URL:
7. Xudoyberganova D. O‘zbek tili metaforalarining antropotsentrik lug‘ati. – Toshkent, 2025. URL: