ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONI MAQOLATLARIDA DIDAKTIK YO‘NALISHLAR

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/cmfpf466

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, “Hayrat ul-abror”, maqolat, didaktika, komil inson, axloqiy tarbiya, adolat, saxovat, qanoat, ma’naviy kamolot.

Abstrak

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi maqolatlarning didaktik yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda asardagi iymon, adolat, saxovat, adab, qanoat, rostgo‘ylik, vafo, ilm-ma’rifat va insonparvarlik kabi axloqiy-ma’naviy tushunchalarning badiiy talqini kontent-tahlil metodi asosida o‘rganildi. Maqolatlar va ularga bog‘langan hikoyatlar o‘rtasidagi mazmuniy uyg‘unlik, nazariy pand-nasihatlarning badiiy voqea va obrazlar orqali konkretlashtirilishi aniq misollar yordamida yoritildi. Xususan, “Shoh G‘oziy” hamda Hotami Toy bilan bog‘liq hikoyatlar orqali adolat, saxovat va insoniy mas’uliyat g‘oyalarining didaktik mohiyati ochib berildi. Tadqiqot natijalarida “Hayrat ul-abror” maqolatlari insonning ichki ma’naviy kamoloti va jamiyatdagi axloqiy mas’uliyatini bir butun holda shakllantirishga qaratilgan yaxlit badiiy-didaktik tizim ekanligi asoslandi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami: 20 jildlik. – 7-jild: Hayrat ul-abror. – Toshkent: Fan, 1991. – Manba

2. Hayitmetov A. Navoiyxonlik suhbatlari. – Toshkent, 1993.

3. Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi. – Toshkent: Fan, 1963.

4. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. – Toshkent: Tamaddun, 2019. – 520 b. – ISBN 978-9943-5113-6-1. – Manba

5. Haqqul I. Zanjirband sher qoshida. – Toshkent, 1989.

6. Haqqul I. Navoiyga qaytish. – Toshkent: Fan, 2007.

7. Haqqul I. Tasavvuf va she’riyat. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991.

8. Muhiddinov M. Komil inson – adabiyot ideali. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

9. Jumanazarova U. «Hayrat ul-abror» dostonidagi hikoyatlarning didaktik tahlili. – Toshkent, 2022. – Manba

10. Umarov S. A. Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonining ma’rifiy ahamiyati // Wire Insights: Journal of Innovation Insights. – 2024. – Manba

11. Xolmurodov I. X. o‘g‘li. Alisher Navoiyning «Hayratu-l-abror» dostonida maqolat va hikoyat o‘rtasidagi estetik uyg‘unlashuv // FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities. – 2026. – Vol. 14, No. 6. – Manba

12. Qarshiyeva M. A. qizi. «Hayrat»dan ortar hayratim… // Международный журнал «Искусство слова». – 2021. – Vol. 4, No. 2. – Manba

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-09-05

Qanday havola qilish kerak

ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONI MAQOLATLARIDA DIDAKTIK YO‘NALISHLAR. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(9), 348-353. https://doi.org/10.67227/cmfpf466